Pavel Durov uşbu bayonotni Telegram ilovasi 4-avgust kuni tungi soatlarda App Storeʼdan vaqtinça olib taşlanib, bir neça soatdan keyin yana qayta tiklanganidan söng e’lon qildi.
Uning sözlariga köra, Appleʼning qaroriga Telegram foydalanuvçisining ommaviy çatda «noqonuniy pornografik kontent» mavjudligi haqidagi şikoyati sabab bölgan. Biroq Durovning ta’kidlaşiça, şikoyat qilgan şaxsning özi aynan şu kontentni joylaştirgan.
Telegram asosçisining aytişiça, firibgar eski xabarni tahrirlaş imkoniyatidan foydalanib, sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan noqonuniy materialni xabar içiga joylaştirgan. Natijada mazkur kontent guruh iştirokçilariga körinmay qolgan va ular uni öz vaqtida aniqlab, şikoyat qiliş imkoniga ega bölmagan.
Durovga köra, bu harakatning asosiy maqsadi guruh egalarini şantaj qiliş bölgan. Uning ta’kidlaşiça, jinoyatçilar avtomatlaştirilgan akkauntlar - botlar orqali ommaviy guruhlarga noqonuniy material joylaştirib, keyin esa Appleʼga murojaat qilib, uşbu guruhlarni yoptiriş bilan tahdid qiladi. Agar guruh egalari tovlamaçilar talab qilgan mablağni tölaşdan boş torsa, ularning hamjamiyatini öçirtirişga harakat qilinadi.
Telegram asosçisi Apple mazkur qarorni qabul qilişdan avval messenjyer ma’muriyati bilan boğlanmaganidan afsus bildirgan. Uning fikriça, bunday holat har qanday ilova işlab çiqaruvçisi bilan ham sodir bölişi mumkin.
Avvalroq Apple vakili Telegramʼning vaqtinça öçirilişiga izoh berib, tekşiruv davomida bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlikka oid materiallar aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Kompaniya bayonotiga köra, uşbu kontent platformadan öçirilgan va uni joylaştirgan foydalanuvçi bloklanganidan keyin Telegram yana App Storeʼga qaytarilgan.
Pavel Durov esa noqonuniy pornografik materiallar Telegram uçun tizimli muammo emasligini ta’kidlab, platformadagi moderatsiya tizimi samarali işlayotganini bildirdi.

















