Telegram asosçisi Pavel Durov özining Rossiya moliyaviy monitoring xizmati (Rosfinmonitoring) tomonidan terrorçi va ekstremistlar röyxatiga kiritilgani böyiça izoh berdi.

«Rossiya Telegram’da ommaviy kuzatuv va tsenzura haqidagi talablarini bajarişdan boş  tortganim uçun meni “terrorçi” deb topibdi. Rossiya qonunçiligiga köra, menga “internetda axborot tarqatiş taqiqlanibdi”. Rossiyalik amaldorlar kim kimga internetdan foydalanişni taqiqlaşi mumkinligi borasida aniq adaşişibdi», - deb yozdi Durov telegram-kanalida.

30 iyul kuni Rosfinmonitoring Durovni ekstremistik faoliyat yoki terrorizmga aloqadorligi töğrisida ma’lumot mavjud bölgan şaxslar röyxatiga kiritdi. Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Durovga terrorizmga kömaklaşiş ayblovi qöyilganini ma’lum qildi. Qayd etilişiça, Telegram ma’muriyati ukrain maxsus xizmatlari tomonidan foydalaniladigan kanallar va botlarni öçirib taşlamayapti.