Vladimir Putin RF vazirlar mahkamasi va markaziy banki amaldorlari bilan ötkazilgan yiğilişda hukumatning yaqin olti yildagi iqtisodiy siyosati “maxsus harbiy amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlaş”, jumladan armiya ehtiyojlari uçun “iqtisodiy bazani mustahkamlaş”ga qaratilişi lozimligini ta’kidlagan.

“Rejalarimizni amaliyotga tatbiq etar ekanmiz, birinçi navbatda iqtisodiyotdagi holatga tayanamiz, çunki aynan industrial, savdo, logistika, moliya bilan boğliq salohiyat davlatning resurs va budjet imkoniyatlarini şakllantiradi hamda asosiy va tizimli muhim vazifalar uçun mablağlarni paydo qiladi”, — deya Putinning sözlarini keltirmoqda Kreml matbuot xizmati.

Rossiya prezidentining sözlariga köra, ayni vaqtda Rossiya iqtisodiyoti “yaxşi sur’atlarda ösib bormoqda”. Yarim yil içida YaIM 4,6 foizga oşgan, sanoat işlab çiqarişi esa — 4,4 foizga, harbiy sanoat majmuasi doxil qayta işlovçi sohalar esa 8 foizlik ösiş körsatgan, degan Putin Rosstat statistikasini keltirgança.

Budjet daromadlari uçdan bir qismga oşgan, “korxonalar, mehnat jamoalari barqaror va bir maromda işlamoqda”, degan Putin. Uning qöşimça qilişiça, “real sektordagi ijobiy tendensiyalarni kuçaytiriş”, mamlakatning “infratuzilmaviy karkasi”ni mustahkamlaş kerak.

Rasmiy statistikaga köra, ötgan yili YaIM 3,6 foizga ösgan, bu yilning yozigaça usiş sur’atlari 5 foizga yetgan. Biroq, hukumat ta’kidlayotgan iqtisodiy kötariliş uruş hisobiga bölmoqda: harbiy mahsulotlar işlab çiqariş 2022 yildan buyon 60 foizga oşgan, fuqarolik sohalari esa turğunlikda, deb hisoblagan Britaniyaning Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari markazi (CERP) ekspertlari.

Rosstatning operativ ma’lumotlari esa yoz boşlanganidan buyon iqtisodiyot keskin sekinlaşganini körsatmoqda. Agar fevral oyida YaIM ösişi 7,6 foizni, birinçi çorakda 5,4 foizni taşkil etgan bölsa, mayga kelib bu körsatkiç 3 foizgaça tuşgan.

Sanoat işlab çiqariş sur’ati iyun oyida qariyb uç barobarga sekinlaşgan va sönggi 15 oy içida eng past körsatkiçni taşkil etmoqda — 1,9 foiz. Holbuki, may oyida bu körsatkiç 5,3 foizga teng edi.