Nizom bilan qömitaning vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, hisobdorlik va boşqa organlar bilan hamkorlik tartibi belgilanmoqda.
Qömitaga 12 ta asosiy vazifa yuklatilmoqda, ular qatorida:
- xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş tizimini kuçaytiriş;
- erkaklar va xotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlaş;
- xotin-qizlarga iş topişda kömaklaşiş, ularning tadbirkorligini rivojlantiriş;
- oila a’zolarining huquqiy madaniyatini oşiriş, ularda huquqbuzarliklarning oldini oliş va boşqalar.
Yagona tarif setkasi böyiça mehnatga haq tölaşning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoşini belgilaşda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda — 1,8 baravarga oşirilgan miqdorda qöllanadi.
Şuningdek, xodimlar uçun köp yillik işlaganlik uçun qöşimça har oylik ustama tölanadi:
1 dan 3 yilgaça — 0,3;
3 dan 5 yilgaça — 0,6;
5 dan 10 yilgaça — 0,8;
10 dan 15 yilgaça— 1,0;
15 dan 20 yilgaça — 1,2;
20 dan yuqori — 1,5.
Oila va xotin-qizlar qömitasini rivojlantiriş va xodimlarini moddiy rağbatlantiriş jamğarmasi töğrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Har yili davlat budjeti parametrlarida jamğarma uçun 15 mlrdgaça miqdorda nazarda tutiladigan mablağlar boşqa manbalar qatorida jamğarmani şakllantiriş manbasi hisoblanadi.












