Rossiya hukumatiga yaqin OAV va Z-blogerlar 27 avgust, seşanba kuni Belgorod viloyati çegarasida janglar ketayotgani haqida xabar berdi. Viloyat gubernatori Vyaçeslav Gladkov ham Ukraina qurolli kuçlarining çegarani buzib ötişga urinişiga izoh berdi.
«Duşman Belgorod viloyati çegarasini buzib ötişga urinayotgani haqida ma’lumot paydo böldi, Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirligining ma’lumotlariga köra, harbiylarimiz rejali işlarni amalga oşirmoqda. Xotirjam böling va faqat rasmiy ma’lumot manbalariga işoning», deyiladi Gladkovning Telegram-kanalidagi xabarida.
Avvalroq Rossiya xavfsizlik kuçlariga yaqin bölgan Mash Telegram-kanali Ukraina qurolli kuçlarining 500 ga yaqin kişidan iborat guruhi çegarani buzib ötişga uringani haqida xabar berib, jangçilar orasida «Polşa, Gurjiston va AQŞdan kelgan xorijlik yollanma askarlar borligi»ni bildirgandi. Mash ma’lumotlariga köra, Nexoteyevka qişloği hududida bir neçta piyoda jangovar maşinalarda 200 nafar ukrainalik askarlar jang qilgan, göyo yana 300 nafari «Şebekino» nazorat punktiga hujum qilişga uringan.
Öz navbatida, xavfsizlik kuçlariga yaqin bölgan yana bir Telegram-kanal - Shot Nexoteyevkaga qilingan hujum qaytarilgani, «Şebekino» nazorat-ötkaziş punktida esa töqnaşuvlar bölmagani haqida xabar berdi. Shot boşqa raqamlarni ham keltirdi: uning ma’lumotlariga köra, Nexoteyevkaga 60 ga yaqin ukrainalik harbiy xizmatçilar va sakkizta zirhli texnika yaqinlaşgan. Ba’zi harbiy kanallar Juravlevka qişloği hududidagi janglar haqida ma’lumot tarqatdi. Kremlga yaqin harbiy bloger Vladimir Romanovga köra, Ukraina qurolli kuçlari hujum uyuştirişga uringan, biroq qaytarilgan.
«Pepel» Belgorod Telegram-kanalining xabariga köra, Belgorod va Borisov tumanlarida artilleriya ovozi eşitilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, Şebekino hududida töqnaşuvlar kuzatilmagan.













