Fransiya va BAA maxsus xizmatlari Telegram messenjeri asosçisi Pavel Durovning iPhone’ini 2017 yilda buzib kirgan, deb xabar berdi Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi 28 avgust, çorşanba kuni manbalarga tayanib.
Naşr suhbatdoşlariga köra, Telegram’ga buzib kiriş maxsus xizmatlarning uzoq muddatli vazifasi bölgan, çunki Fransiya rasmiylari messenjerdan şubhalanib, IŞID guruhi undan jangarilarni yollaş va terrorçilik faoliyatini taşkil etişda foydalanayotganidan nihoyatda xavotirda edi. Josuslik operatsiyasi Purple Music şartli nomini oldi.
Makronning taklifi
Bir yil ötib Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Pavel Durov bilan qöşma tuşlik paytida unga Telegram boş ofisini Parijga köçirişni taklif qildi, biroq u rad javobini berdi. Uşbu uçraşuvning borişi bilan taniş bölgan suhbatdoşlarning WSJ’ga aytişiça, suhbat mavzularidan biri Durovga Fransiya fuqaroligini ham beriş bölgan.
Fransiya ham, BAA ham Pavel Durovga 2021 yilda fuqarolikni bergan. Öşa yili Fors körfazi davlatlari platformaga 75 million dollardan ortiq sarmoya kiritdi. Politico yozişiça, Makron va uning atrofidagilar kamida 2017 yildan beri Telegram’dan foydalanmoqda.
Pavel Durovning uşlanişi
Pavel Durov 24 avgust kuni keçqurun Parij aeroportida qölga olingan. Ikki kundan keyin Parij prokuraturasi Durov noma’lum şaxslarga qarşi jinoiy tergov doirasida 12 ta jinoyat, jumladan vakolatli organlar söroviga köra ma’lumot berişni rad etiş, şuningdek, pornografiya, giyohvand moddalar va hakerlik dasturlarini tarqatişda iştirok etiş böyiça qölga olinganini e’lon qildi. Durovning işdagi maqomi noma’lum.
Durovga yaqin manbaning sözlariga köra, Telegram köp yillar davomida platformada noqonuniy kontent tarqalişi oldini oliş uçun rasmiylar bilan hamkorlikni talab qiluvçi huquq-tartibot idoralarining çaqiruvi va sud qarorlariga e’tibor bermagan.
WSJ ta’kidlaganidek, Durovning qölga olinişida Makron bilan uçraşuv yoki telefonni buziş rol öynaganiga işora yöq, biroq bu tafsilotlar uning Fransiya va BAA bilan munosabatlariga oydinlik kiritadi.












