Pavel Durov bilan birga uning akasi Nikolay Durovga ham Fransiya huquqni muhofaza qiluvçi idoralari qidiruv e’lon qilgan. Fransuz politsiyasi Nikolay Durovni Telegram hammuassislaridan biri sifatida körsatgan.

Iş hujjatlari bilan eksklyuziv tanişib çiqqan Politico naşri hujjatlarga tayanib yozişiça, Nikolay Durovga ham ukasi bilan birga şu yilning 25 mart sanasida qidiruv e’lon qilingan. Aka-ukalar bolalar pornografiyasini tarqatiş va saqlaş jinoyatida şeriklikda ayblanmoqda.

Fransiya hukumati bolalar bilan boğliq jinoiy qilmişni sodir qilgan şaxsni aniqlaş böyiça Telegramga sörov yuborgan. Lekin messenjer egalari bunga javob bermagan. Bundan taşqari, ayblovlar qatorida messenjer egalari boşqa jinoiy qilmişlarni sodir qilgan şaxslarni aniqlaşda ham Fransiya va Yevroittifoq mamlakatlari bilan hamkorlik qilmagani aytilmoqda. Şundan söng fransuz politsiyasi ularga nisbatan maxfiy suriştiruv jarayonlarini boşlagan.

Hujjatda «aka-uka Durovlarning tergovda aniqlangan noqonuniy harakatlarga bevosita aloqadorligi haqida heç qanday ma’lumot yöq, deyiladi Politoco maqolasida.

Bundan taşqari, tergov hujjatlarida Telegram vitse-prezidenti Ilya Perekopskiy ismi ham tilga olingan, lekin uni hibsga olişga order berilgani yoki boşqa ayblov qöyilgani haqida ma’lumot yöq.

Pavel Durovning advokati hodisaga izoh berişdan boş tortdi.

Şuningdek, Parij prokuraturasi ham iş maxfiy yuritilayotgani uçun aka-ukalarga doir iş yuzasidan izoh bermagan. Hibs uçun order — tergov boşlaş uçun asos böladigan, Telegram yordamida sodir qilingan turli jinoyatlar uçun berilgani ma’lum qilingan. Prokurorga köra, tergovning bu bosqiçida faqat Pavel Durov söroq qilinmoqda.

Nikolay Durov kim?

Nikolay Durov – Telegram asosçisi Pavel Durovning akasi, undan 4 yoş katta. Ular birgalikda «VKontakte» ijtimoiy tarmoğini, keyinroq Telegramni yaratişgan. Nikolay ikkala loyihaning texnik taraflariga javobgar bölgani aytiladi.

44 yoşli Nikolay yoşligida geniy, deya e’tirof qilingan. Ular SSSRning qayta quriş yillarida Italiyada yaşagan va 1990-yillarga kelib Rossiyaga qaytgan. Kiçik Durov amerikalik jurnalistga bergan intervyusida aynan Italiyadan olib kelingan kompyuteri haqida eslagan.

Nikolay 1996-1998 yillarda matematika böyiça xalqaro olimpiada ğolibi bölgan. Avval Sankt-Peterburg, keyin Bonn universitetlarida öqigan. Matematika böyiça doktorlik darajasiga ega.

2006 yilda Nikolay «VKontakte»ni işga tuşirişda ukasiga yordam berib, kompaniya direktorining texnik yordamçisi bölgan, Telegramga esa u «yuragini bergan». Aynan Nikolay 2013 yilda işlab çiqqan ma’lumotlarni şifrlab uzatiş protokoli Telegram messenjeri uçun asos bölgan. Dastlab messenjerdan aka-ukalar özlari suhbatlaşiş uçun foydalangan. Keyinroq u töliq yangi loyihaga aylanib ketadi. Katta Durov keyinroq TON va Telegram Open Network'ni ham işlab çiqdi.

Nikolay Durov ukasining biznesidan çiqib, özini butunlay ilm-fanga bağişlagani aytiladi. U 2024 yil avgust holatiga Rossiya fanlar akademiyasi Matematika institutining Sankt-Peterburg bölimida katta ilmiy xodimi sifatida röyxatda mavjud. U 2015 yildan boşlab Peterburgda ota-onasi bilan birga yaşagan, Pavel bilan kam körişgan. Nikolay ayni vaqtda qayerdaligi noma’lum.