Kirov viloyatining Kotelniç şahrida uçuvçisiz uçoq neft mahsulotlari solingan konteynerga hujum qildi. Qurbonlar va yonğin holati yöq, deb yozdi viloyat gubernatori Aleksandr Sokolov özining Telegram-kanalida. 

Baza naşrining xabar berişiça, dastlabki ma’lumotlarga köra, Kotelniçdagi «Vyatka» kombinatidagi neft mahsulotlari saqlanadigan omborga uçuvçisiz uçoqlar hujum qilgan, u yerda uçta dron bölgan va ulardan biri urilganidan keyin rezervuarlardan biri yonib ketgan. Bu rasman tasdiqlanmagan. 

Ukraina tomoni bu xabarlarga hozirça izoh bermadi. Kotelniç Ukraina bilan çegaradan taxminan 1500 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Kirov viloyatida hali heç qanday dron hujumlari qayd etilmagandi, biroq Ukraina uçuvçisiz uçoqlari avvalroq Rossiyaning Murmansk viloyati va Boşqirdistonni öz içiga olgan olisroq hududlariga hujum qilgan. 

Şu kuni Voronej viloyatida «portlovçi obektlar yaqiniga uçuvçisiz uçoq bölaklari tuşganidan» keyin ikkita aholi punkti evakuatsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Ukraina sönggi kunlarda Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga uçuvçisiz uçoqlar hujumlarini sezilarli darajada kuçaytirdi.