Argentina politsiyasi 40 yildan beri odil sudlovdan qoçib yurgan Italiyaning «Qizil brigadalar» terrorçi-partizanlar guruhi a’zosini qölga oldi. U vatanida turli jinoyatlar, jumladan odam öğirlaşda ayblangan va qidiruvga berilgan edi.
Leonardo Bertulatssi Argentinada yillar davomida qoçqin sifatida yaşadi, u mamlakatning radikal öng qanot prezidenti Xaviyer Miley boşqaruvi ostida qoçqin maqomini yöqotdi. U avvalroq Italiyada 27 yillik qamoq jazosiga sirtdan hukm qilingan edi. U Buenos-Ayresda uşlandi, uning hibsga olinişida Italiya politsiyasi hozir böldi.
«Qizil brigadalar» 1970-1980 yillarda Italiyada önlab şafqatsiz hujumlardagi ölimlar, jumladan Italiyaning sobiq boş vaziri Aldo Moro öğirlanişi va öldirilişi uçun javobgar hisoblanadi.
«Bertulatssi demokratik qadriyatlar va köplab qurbonlar hayotiga putur yetkazgan jinoyatlar uçun javobgardir», deyiladi Argentina hukumati bayonotida.
1980 yildan beri qoçoq maqomida bölgan Bertulatssi 1977 yil yanvar oyida Genuya şahrida dengiz muhandisi Piyero Kostaning öğirlanişida iştirok etganlikda aybdor deb topilgan. Genuyaning eng boy kema egalari oilasi a’zosi bölgan Kosta öz uyi yaqinida öğirlab ketilgan edi.
Jinoyatçilar dastlab 10 milliard lira tölov talab qildi, biroq Kosta oilasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida talab 1,5 milliard liragaça kamaygan. Tölov amalga oşirildi va Kosta 1977 yil aprel oyida qöyib yuborildi.
Tergov ma’lumotlariga köra, Kostaning öğirlanişidan maqsad terrorçilik faoliyatini moliyalaştiriş uçun mablağ topiş edi. Keyinçalik jinoyatçilar Rimdan kvartira sotib oliş uçun 50 million lira sarflagan. Ular 1978 yili boş vazir Aldo Moroni öğirlab ketib, şu kvartirada saqlagan. Keyinçalik, oradan 55 kun ötgaç, uning öqlardan ilma-teşik bölgan jasadi avtomobil yukxonasidan topildi.
Bertulatssi Italiyada qidiruvga berilganiga va qayerdaligini hamma bilganiga qaramay, erkin odam sifatida yaşaş imkonini beruvçi murakkab huquqiy vaziyat örtasida qolgan edi. U 2002 yilda Buenos-Ayresda Interpol bilan hamkorlikda olib borilgan tergovdan söng hibsga olindi, biroq sakkiz oydan söng qöyib yuborildi. Çunki Italiyadagi sud jarayonlari sirtdan ötkazilgani tufayli, uning ekstraditsiya etilişini istisno qilardi.
Italiya boş vaziri Jorjiya Meloni hukumati uning hibsga olingani haqidagi xabarni olqişladi. «Qoçib ketgan «Qizil brigadalar» a’zosining hibsga olinişi Italiya sud tizimi, Argentina rasmiylari va Interpol örtasidagi intensiv va samarali hamkorlik tufayli mumkin böldi», deyiladi bayonotda.
Italiya rasmiylari uning tez orada Italiyaga qaytişini kutmaydi. Bertulatssi advokatlari Argentina qoçqinlar komissiyasining uning qoçqinlik maqomini bekor qiliş haqidagi qarori ustidan apellyatsiya şikoyati berdi va u rad etilgan taqdirda ham ekstraditsiya jarayoni uzaytirilişi mumkin.












