AQŞda 60 yoşli ayol tört kundan keyin iş joyidan jonsiz holatda topildi, deb xabar beradi NBC News. Huquq-tartibot idoralariga köra, ayol 16 avgust kuni binoga kirib ketganida oxirgi marotaba skanerlaş tizimidan ötgan va şu bilan heç qayerda qayd etilmagan.
Tempe şahri politsiyasiga 20 avgust kuni Wells Fargo bank korporatsiyasi binosidan murojaat kelib tuşgan va unda amerikalik ayol iş joyidan jonsiz holatda topilgani aytilgan.
Kompaniya xodimlarining aytişiça, Deniz Pryudommning jasadiga tasodifan duç kelişgan. Marhumaning jasadi topilişidan oldin ofisdagi bir neça kişi Denizning xonasi joylaşgan uçinçi qavatdagi koridordan badböy hid tarqalayotgani haqida şikoyat qilgan. Ammo xodimlar bu hid kanalizatsiyadagi muammolar tufayli tarqalmoqda deb öylagan.
Xavfsizlik xizmati xodimlari tekşiruvlar davomida Pryudomm binodan çiqişda ruxsatnomasini skanerdan ötkazmaganini aniqlagan.
Ayolning ölimiga nima sabab bölgani noma’lum. Tempe politsiyasi Jinoiy işlar byurosi Marikopa okrugi sud-tibbiyot ekspertlari bilan buning ustida iş olib bormoqda. Xodimning iş kabinetida ötkazilgan dastlabki örganişlar davomida politsiya heç qanaqa qotillik alomatlarini aniqlamagan. «Şunça vaqt Deniz Pryudommning yöqolib qolganiga neça heç kim e’tibor bermagani tuşunarsiz», — deyiladi xabarda.
Wells Fargo bank kompaniyasi Deniz Pryudommning yaqinlariga hamdardlik izhor etgan. Şuningdek, zarurat tuğilsa, rahbariyat yuz bergan fojia sabab barça xodimlariga psixologik yordam körsatilişini va’da qilgan.












