Prezident Şavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya öyinlarida ğalaba qozonib, Özbekiston terma jamoasi hisobidagi oltin medallar sonini beştaga yetkazgan yengil atletikaçilar Elbek Sultonov, Yorqinbek Odilov va taekvondoçi Asadbek Toştemirov bilan telefon orqali suhbatlaşdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Özbekiston prezidenti öz nomidan va barça yurtdoşlar nomidan sportçilarni samimiy qutlab, bu zafarlar eng aziz, eng uluğ bayram – Mustaqillik kuniga munosib sovğa bölganini ta’kidladi. Paralimpiyaçilar murosasiz bellaşuvlarda körsatayotgan yuksak mahorat va metin iroda butun xalqimiz, ayniqsa, yoşlarni ruhlantirayotgani qayd etildi.

Prezident yigitlarning murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirib, keça sovrindor bölgan sportçilarga ham salom va tabrik sözlarini yölladi.

«Çempionlar har bir çiqişda davlatimiz rahbari va xalqimiz qöllovini his etganlarini ta’kidlab, yurtimizda paralimpiya harakati rivojiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan şaroitlar uçun rahmat aytdilar», — deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, kuni keça Şavkat Mirziyoyev Fransiya poytaxti Parij şahrida ötayotgan Paralimpiya öyinlarida oltin medallarni qölga kiritgan Asila Mirzayorova va Qudratulla Ma’rufxöjayev bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Asila Mirzayorova uzunlikka sakraşda 5,22 metr natija qayd etib, salkam 30 yil oldingi paralimpiya rekordini yangiladi. Qudratulla Ma’rufxöjayev esa yadro uloqtiriş bahsida ğolib böldi.