Özbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri boşçiligidagi delegatsiya 2-3-sentabr kunlari Osiyo va Tinç okeani uçun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya tomonidan Ostona şahrida taşkil etilgan «Raqamli inklyuziya va transformatsiya böyiça Osiyo – Tinç okeani vazirlar konferensiyasi»da iştirok etdi.

Vazirlik axborot xizmatining ma’lum qilişiça, uşbu tadbir doirasida vazir Şerzod Şermatov Qozoğiston Raqamli rivojlaniş, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri J.Madiyev bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda hamkorlik istiqbollari, şuningdek, raqamli könikmalarni öqitişni ta’minlaş, raqamli inklyuzivlik va raqamli transformatsiya böyiça mintaqaviy hamkorlik holati va uni mustahkamlaş masalalari muhokama qilingan. Raqamli innovatsiyalarni jadallaştiriş uçun zarur mintaqaviy hamkorlik rejalariga e’tibor qaratildi.

Şuningdek, ikki mamlakat iştirokida kosmosga özaro sun’iy yöldoşlar guruhini uçiriş böyiça hamkorlikni amalga oşiriş masalasini örganiş va tahliliy ma’lumotlarni joriy yil yakuniga qadar tahlil qilib, takliflarni belgilab oliş muhokama qilindi.