Unga köra, eng qimmat palov Toşkent şahrida sotilgan bölib, bir porsiyasi 31 400 söm bölgan. Undan keyingi örinlardan Buxoro (31 200 söm) va Samarqand viloyati (30 000 söm) viloyatlari joy olgan. Eng arzon oş esa Farğona viloyatida – 1 porsiyasi 24 400 sömdan sotilgan.
Hududlardagi oş markazlarida sotilayotgan palovning bir porsiyasi uçun örtaça narxlar quyidagiça bölgan:
- Qoraqalpoğiston R. – 25 300 söm
- Andijon viloyati – 26 400 söm
- Buxoro viloyati – 31 200 söm
- Jizzax viloyati –27 900 söm
- Qaşqadaryo viloyati – 28 100 söm
- Navoiy viloyati – 26 200 söm
- Namangan viloyati – 26 100 söm
- Samarqand viloyati – 30 000 söm
- Surxondaryo viloyati – 27 900 söm
- Sirdaryo viloyati – 24 600 söm
- Toşkent viloyati – 25 700 söm
- Farğona viloyati – 24 400 söm
- Xorazm viloyati – 28 900 söm
- Toşkent şahri – 31 400 söm
Narxlarni röyxatga oluvçi tomonidan kuzatuv ötkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar özgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning şakllanişi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlaniş muassasalari (Oş markazlari)dagi palovning örtaça narxlari hisobga olingan bölib, restoran va çoyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.











