Amerikaning CNN telekanali taslim bölayotgan ukrainalik askarlarning otib öldirilgani aks etgan videoni e’lon qildi. Yozuvlar uning veb-saytida 6 sentabr, juma kuni paydo böldi.
Aytilişiça, birinçi video avgust oyi oxirida ayovsiz janglar davom etayotgan Donetsk viloyatining Pokrovsk tumanida suratga olingan. Unda uç nafar ukrainalik askarning tiz çökkani, keyin yiqilib, yerda yotgani körsatilgan.
Telekanal ma’lumotlariga köra, ikkinçi video may oyida Zaporijjya viloyatining Rabotino hududida suratga olingan. Unda Ukraina qurolli kuçlari harbiy xizmatçilari birin-ketin qöllarini kötargan holda çiqib kelgan, şundan söng rus armiyasi askarlaridan biri ikkinçisiga ularni «nollaştirişni»ni buyurgan. Şundan söng ular otib taşlanadi.
Ukraina boş prokurori: uruş boşidan beri 28 ta şunga öxşaş hodisa tekşirilmoqda
Ukraina boş prokurori Andrey Kostinning CNN naşrida keltirilgan sözlariga köra, uning idorasi uruş boşlanganidan beri yuz bergan 28 ta şunday hodisani tekşirmoqda, ularda jami 62 nafar ukrainalik harbiy halok bölgan. Jurnalistlarning yozişiça, ukrain razvedka manbalari ularga ukrainalik jangçilar qölga olinmasdan öldirilgan 15 ta holat röyxatini taqdim etgan.
Kostin CNN bilan suhbatda da’vo qilingan otib öldiriş holatlarini harbiy jinoyatlar va Kreml rejalaştirgan siyosatning bir qismi deb atadi. U qurolsiz taslim bölayotganini körsatgan harbiy asirning sudsiz öldirilişi uruş qoidalarini buzişini qayd etdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi, CNN xabariga köra, Ukraina tomoni ayblovlariga izoh beriş söroviga javob qaytarmadi.
BMT: Rossiyada ukrainalik asirlarning 95 foizi qiynoqqa solingan
Deyarli barça ukrainalik harbiy asirlar - 95 foizi - Rossiyada qiynoqqa solinmoqda, dedi BMTning Kiyevdagi Inson huquqlari monitoringi missiyasi rahbari Daniel Bell NOS niderland telekanaliga bergan intervyusida.
«Ularni metall tayoq va dubinkalar bilan kaltaklaşadi, elektr toki bilan qiynoqqa solişadi. BMT nomidan asirlar bilan muloqot qilişda 20 yil davomida körgan eng yomon narsam. Qiynoqlar keng tarqalgan va tizimli», - deydi Bell. U ukrainalik askarlarni qiynoqqa soliş birinçi söroqdan boşlanişini ta’kidladi.
BMT vakilining aytişiça, u ukrainalik mahbuslar bilan suhbatlar natijalari asosida şunday xulosaga kelgan.













