“Qassoblikning mas’uliyati katta, bu kasbda halol-u pok böliş juda muhim, tarozi masalasida ayniqsa ehtiyot böliş zarur”, deydi u.
Qassob göştning narxi oşib borayotgani sababi, kasbining mas’uliyati haqida sözlab berdi:
“Hunarimiz, ota-bobolarimizdan qolgan kasb ekan buni halol bajarişga harakat qilamiz. Rahm-şafqatsiz odam bölmasa kerak, şu jonivorlarni söyayotganimizda iloji boriça ularga ozor bermaslikka, qiynamaslikka harakat qilamiz. Yana xalqning luqmasini bulğab qöymaslik uçun halollikka, pokizalikka rioya qilişga köproq urinamiz.

Birinçi marta 12 yoşimda qöy söyganman. U vaqtda katta qora mollarni söyişga kuçim yetmasdi. Bizning oilamizda qassobçilik avloddan avlodga ötib kelayotgan kasb hisoblanadi. Törtinçi avlodman oilada kasbni davom ettirayotgan. Bobomning otasi, bobom, otam va mana men qassoblik kasbini davom ettiryapman.
Jonivor ölimidan avval yiğlaydi...
Hayvonning böğziga birdan piçoq tortib yuboriş juda qiyin narsa. Buni his qilgan odam biladi albatta. Buni söz bilan tuşuntirib beriş qiyin. Yoşligimizdan şu kasbni egallay boşlaganimiz uçun ham örganib qolgan bölsak kerak. Lekin özimiz ham qöy, mollarni boqib turamiz, çorvalarimiz bor. Molni yerga qulatganizda beçora jonivor yiğlab, noliganday böladi. Qöy unça-munça sezmaydi buni. Çunki u mening junimni olsa kerak deb tinç turadi. Islomda hayvonning böğziga piçoq tortgunça takbir aytib turiladi.

Halol va pokiza joyda hayvonlarni söyiş kerak, taqvoda böliş kerak. Çunki bu mas’uliyatli kasb baribir. Alloh ham şukur qilsangiz rizqingizni ziyoda qilib beraman degan. Mana şu kasbning orqasidan oilamizga halol luqma yediryapmiz, farzandlarimizni öqityapmiz, uylantiryapmiz.
Dökonga bir parça göşt sörab keladiganlar ham bor...
Fermer xöjaligi taşkil qilganmiz. Qoramollarni, qöylarni söyib, arzon göştni xalqqa tarqatib turamiz ba’zida. Xalqdan mol sotib olib uni ham söyib qassobxonaga topşiramiz. Xalqqa arzon göşt tarqatişni kengaytiriş niyatimiz bor.
Odamlar avvalgiday köp göşt sotib olmayapti, oz-ozdan sotib olişmoqda. Şunga ham şukr qilamiz. Xudoga şukur savdolar bölib turibdi. Alloh rizqni ularga şunday qilib bergan ekan. Qassobxonamizga bir parça göşt sörab keladiganlar ham uçrab turadi, öşanda yigitlarga suyaksiz göşt qilib beringlar deyman. Çunki köproq göşt yeyişsin deyman, şaroitlari oğir bölsa buni tuşunaman. Suyaklarini etdan ajratib bepul berib yuboraman. Mustaqillik davrlari yoki undan avvalgi davrlarda oz göşt oladigan aholi kam edi. Hozir esa bundaylar köpaygan. Alloh bularning rizqini ham uluğ qilsin ilohim.
Dökonlarimizda qarz daftarlarimiz bor, aholi şaroitiga qarab qarzga göşt olib ketişadi. Ba’zi qassoblar göşt narxi kötarilganda qarzlarni ham öşa narxda qaytarişlarini sörar ekan. Bizda bunday qoidalar yöq. Ba’zi qarzlardan ehson uçun deb keçib yuboramiz, yozuv-çizuvlarni ham qilmaymiz. Himmatli ukalarimiz 500 ming yoki undan köproq pulni dökonga hadya qilişib, qarzi borlarning qarzlarini öçirib qöyişimizni yoki kamroq göşt olayotganlarga göşt qöşib berişimizni söraydilar. Biz ham köpaytirib beramiz Allohga şukur, şundan odamlar minnatdor bölişadi.

Sifatli göşt tanlaş yöli...
Göşt tanlaşda qassobning taqvosiga ham e’tibor beriş kerak. Keyin novvosning göşti ança barakali böladi, ğunajin göşti ança şirin, ammo yoğliroq böladi. Rangi oq novvos göşti sifatli va yangi böladi, qizğişroq göştlar köpinça yoşi kattaroq molning göşti böladi. Göşt olganda şunga e’tiborli böliş kerak köproq.
Novvos qasdlaşsa yomon böladi...
Hayvon qasdlanib qolişi odamning qasdlanişidan ança yomon böladi. Yoşligimda bir novvosni qattiq urib qöyganman va menga taşlangan. Öşanda bobom özing novvosni urgan ekansan şunga qasdini olişni xohlaydi deganlar. Şu sababdan hayvonlarga ham e’tiborli böliş kerak.
Qassob bölib işlaydigan har bir musulmon öziga halollikni, taqvoni odat qilişi kerak. Çunki Alloh özining bandasi bilan orasidagi haqidan voz keçişi mumkin, lekin bandalar örtasidagi haqdan heç qaçon voz keçmaydi. Şu sababdan tarozidan urib qoliş ham harom. Bobomning otalari vafot etayotganlarida bobom 4 yoşli bola bölgan ekanlar va qassoblikning javobi qiyin şunga buni oqlay olmasa bu kasbni ortiq qilmasin degan ekanlar. Şunga ham bolalarimga dökonda turganda mijoz kelsa taroziga qöygan göştingni xaridorga körsat deyman. Xaridor rozi bölsa örab ber deymiz.
850 gramm lahm, 150 gramm suyak...
Tarozining haqqi oxiratda ham odamni juda qiynaydigan masala şunga hamkasblarimiz bunga e’tiborli bölişsin deymiz. Odamzot bu işlarni qilişdan oldin oxiratini öylab iş qilişi kerak. Bobom otamga bu kasbni meros qilayotganlarida bir neça şartlarni qöyganlar. Birinçidan taroziga e’tiborli böliş, söngra taqvoga rioya qiliş, halollikka rioya qiliş kabi. Otam buni mahkam uşlab keldilar, biz ham qöldan kelgança harakat qilyapmiz bu ögitlarga amal qilişga.

Qassoblikning qoidasiga köra 800 gramm lahm göşt, 150 yoki 200 gramm suyak xaridorga beriş kerak. Lekin hozir göşt qimmat bölganiga ham 850 gramm lahm, 150 gramm qöy göşti qilib beryapmiz. Qöldan kelgança arzonroq qilib xalqqa tarqatyapmiz.
Xonadonlarda çorva kamayib ketdi...
Avval har bir xonadonda 4 boş qöy, 2 boş mol bölardi. Hozir bu kasbning ham barakasi ketdimi yoki yem qimmatlik qilyaptimi, xullas, xonadonlarda boqiladigan mollar kamayib ketyapti. Şuning hisobiga ham göşt narxi qimmatlaşib ketyapti.
Har bir hunar egasi öz kasbining ilmini bilişi kerak. Bu ilmni örganiş uçun ustozga şogird tuşiş kerak albatta. Keyinçalik bir işni qayta-qayta qilib, qassob ham molning qança göşt qilişini bir qaraganda taxmin qila oladigan böladi.
Bizning hunarda ham turli xil qiziqarli voqealar bölib turadi. Şoxdor mollar öz egalarini yoki yon atrofdagi odamlarni tortib ketgan holatlar bölgan. Bir tanişimda ham şunday holat bölgan.
Qassoblikni kasb qilişni xohlagan ukalarimizga maslahatlarim ham bor, albatta. Avvalo halol bölişsin, molni söyganda tahoratli bölişsin. Xalqning luqmasiga mas’uliyatli bölişsin. Göştning noqobil çiqib qolişiga qassoblar sababçi bölib qolişi mumkin. Şunga ehtiyot bölişsin.
Men 12 yoşimda göşt sotiş uçun dökonga çiqqanman. Öşanda göşt 5 000 söm edi. Armiyadan kelsam 7 000 söm bölgan ekan. Xonadonlarda yem sotib olib mollar boqilsa ham öz xarajatlarini qoplaydi. Masalan, özimizning molxonamizda ham haftasiga 13 yoki 14 boş mol turadi.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Sardor Mamirov











