Keniyadagi maktab yotoqxonasida yuz bergan yonğin oqibatida 17 kişi halok böldi, deb xabar beradi BBC. Politsiyaning ma’lum qilişiça, qurbonlar soni ortişi mumkin, çunki yana 13 nafar öquvçi jiddiy kuyiş jarohatlarini olgan.

Mahalliy politsiya vakillarining sözlariga köra, hozirda 5 sentabr kuni keçqurun Neri okrugidagi Hillside Endarasha Academy boşlanğiç maktabida sodir bölgan yonğin nima sababdan yuzaga kelganini aniqlaş işlari olib borilmoqda.

Mamlakat prezidenti Uilyam Ruto X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi orqali hukumatni «dahşatli fojiani yaxşilab tergov qilişga» çaqirdi.

«Öy-xayolimiz Neri okrugidagi Hillside Endarasha akademiyasida yuz bergan yonğin oqibatida halok bölgan 17 nafar bola bilan. Bu fojiaviy yangilik. Omon qolganlarning tezroq soğayib ketişlari uçun duodamiz.

Mutasaddi organlarga uşbu dahşatli hodisani yaxşilab tergov qilişni topşiraman. Aybdorlar javobgarlikka tortiladi», — deb yozadi Keniya prezidenti.

Hillside Endarasha Academy — xususiy boşlanğiç maktab. U Keniyaning markaziy hududida, Nayrobidan 150 kilometr şimolda joylaşgan. AFP ma’lumotlariga köra, maktabda 800 ga yaqin bola ta’lim oladi.

Yotoqxonada 150 nafardan ortiq öquvçi bölgan — politsiya

Mahalliy politsiya boşliği Pius Muruguning aytişiça, yarim tunda yonğin sodir bölgan maktab yotoqxonasida 150 dan ortiq öquvçi bölgan. Citizen TV jurnalistlariga köra, maktab binosi yoğoçdan qurilgani bois yonğin juda tez tarqalgan.

Hozirda maktabda 824 nafar öquvçi tahsil oladi, ularning aksariyati 5 yoşdan 12 yoşgaça bölgan bolalar.

Keniya maktablarida yonğin tez-tez kuzatilib turadi. 2022 yilda Keniya ğarbida yotoqxona yonib ketgan va natijada bir neça talaba öt qöyişda gumonlanib hibsga olingan edi.

2017 yilda esa poytaxt Nayrobidagi Moi örta maktabining yoqib yuborilişi oqibatida 10 nafar qiz halok bölgan. Bundan 20 yil oldin Maçakos okrugida yuz bergan yonğin esa 67 kişining ölimiga sabab bölgandi.

Bundan tört yil oldin e’lon qilingan hisobotda Keniyadagi örta maktablarning aksariyati yonğinga qarşi çora körişga yetarliça tayyorgarlik körmagani haqida ogohlantirilgan edi. Keniya maktablaridagi xavfsizlik standartlari böyiça qöllanma 2008 yilda çiqqan bölib, unda maktab binolarining eşiklari taşqariga oçilişi kerakligi körsatilgan. Ammo tekşiruvlar davomida maktablarning yarmida eşiklari içkariga oçiladigan sinflar borligi aniqlangan.