Boeing kompaniyasining «Starliner» kosmik kemasi 7 sentabrga ötar keçasi Xalqaro kosmik stansiyadan (XKS) ajralib, Yerga muvaffaqiyatli qaytdi. Bu haqda NASA xabar berdi. Kema bortida ekipaj bölmagan.

«Starliner» 5 iyunda uçirildi va ertasi kuni kema XKS bilan tutaşdi. Kema bortida astronavtlar Batç Uilmor va Sunita Uilyams bölgan. Kema va uning ekipaji 8 kundan keyin Yerga qaytadi deb taxmin qilingan edi, biroq parvoz vaqtida dvigatel tizimida muammo yuzaga keldi. Uşbu nosozlik tufayli «Starliner» ekipajining Yerga qaytişi xavfli deb topildi.

Astronavtlarning qaytişi 2025 yilning fevraliga qoldirildi. Ularni SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasi olib ketadi.

«Starliner» kemasi Boeing uçun Xalqaro kosmik stansiyaga birinçi parvoz böldi.