Germaniya kansleri Olaf Şols Ukrainada tinçlik jarayoniga ötiş jarayonini tezlaştiriş tarafdori ekanini aytdi. Vazirlar mahkamasi rahbari bu pozitsiyani ZDF naşriga yozgi katta intervyusida aytib ötdi, undan parçalarni kanal 8 sentabr, yakşanba kuni öz veb-saytiga joylaştirdi.

«Öylaymanki, hozir qanday qilib biz bu harbiy vaziyatdan tezda çiqib, tinçlikka erişişimiz mumkinligini muhokama qiliş vaqti keldi», deb ta’kidladi Germaniya hukumati rahbari.

Şols Rossiyaning ikkinçi «tinçlik sammiti»da iştirok etişini qöllab-quvvatlaydi. Uning birinçisi iyun oyida Şveytsariyaning Byurgenştok kurortida bölib ötdi. Kansler sözlariga köra, Moskvaning hozir bölişi zarurligi masalasida Berlin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy pozitsiyasiga qöşiladi. «Albatta, yana bir tinçlik konferensiyasi böladi», dedi u, ammo aniq sanalarni körsatmadi.

Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari Zelenskiy bilan maxfiy suhbatlaşganini aytdi. U bilan yaxşi munosabatlar bor, deb ta’kidladi Şols.

Şols işonç votumini zarur deb hisoblamaydi

ZDF naşriga bergan intervyusida kansler Germaniyaning içki muammolariga ham töxtalib ötdi.

Germaniya Sotsial-demokratik partiyasining Saksoniya va Tyuringiyadagi saylovlarda yomon natijalari va hatto partiya tomonidan tanqid qilinganiga qaramay, Şols işonç votumini zarur deb hisoblamayapti. Kansler bu boradagi takliflarni taxminan har «uç haftada» takrorlanadigan «muxolifatning kiçik ğoyasi» deb ta’rifladi.

«Hukumat köpçilikka ega», deb ta’kidladi Şols. Uning qöşimça qilişiça, vazirlar mahkamasi «Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun» qölidan kelganini qiladi. Uning fikriça, Saksoniya va Tyuringiyadagi saylov natijalari «ayrim fuqarolarning Ukrainani qöllab-quvvatlaşimizga rozi emasligi bilan ham boğliq».

Germaniya kansleri «keyingi federal saylovlarda kuçli mandat oliş» uçun kuraşmoqçi ekanligini aytdi. «Biz bir marta muvaffaqiyatga erişdik», dedi Şols va partiyani «jangda suyagi qotgan partiya» deb atadi. Parlament fraksiyasining tanqidiga qaramay, partiyada birdamlik saqlanib qolyapti, deya qöşimça qildi Şols. Bundestagga saylovlar 2025 yil 28 sentabrda bölib ötadi.

Zelenskiy Hindistonda tinçlik sammitini ötkaziş niyatida

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Hindistonda tinçlik sammitini ötkaziş taklifini bildirdi. Davlat rahbari uşbu taklifini Hindiston boş vaziri Narendra Modi bilan uçraşuvda ilgari surgan, deb xabar beradi Bloomberg.

Zelenskiy noyabr oyida AQŞda ötkaziladigan prezidentlik saylovlaridan oldin ikkinçi uçraşuvni ötkazişni rejalaştirmoqda. Manbalarning qayd etişiça, Modi hozirça bu turdagi sammitni ötkazişga rozilik bermagan. Zelenskiy matbuot kotibi Sergey Nikiforovning ma’lum qilişiça, keyingi sammitni janubiy davlatlardan birida, xususan, Hindistonda ötkaziş imkoniyati körib çiqilmoqda.

Öz navbatida Modi tinçlik jarayonida «konstruktiv rol» öynaşga tayyorligini bildirgan, biroq Hindiston TIV vakili Randhir Jaysvalning sözlariga köra, «bu bosqiçda aniq mexanizmlar va yöllar haqida gapirişda juda erta».

Modi 23 avgust kuni Kiyevga taşrif buyurib, Ukraina suverenitetini qöllab-quvvatlaşini bildirgan edi.