Samarqand viloyati Qöşrabot tumanida joylaşgan davlat boğçasida ikki nafar tarbiyaçi bolalar köz öngida bir-biri bilan janjallaşib, muştlaşgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolarda tarbiyaçilar janjallaşayotgani, bolalar yiğlab turgani va tarbiyaçilardan biri yerda yotgani, şuningdek qonagan qöl tasvirlangan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi munosabat bildirdi.

Unga köra, hodisa Qöşrabot tumanidagi 31-sonli davlatga qaraşli boğçada sodir bölgan.

Boğça hamşirasi va tarbiyaçisi örtasida özaro kelişmovçilik sababli janjal kelib çiqqan.

“Ayni paytda holat huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan örganilmoqda”, deyiladi munosabatda.