Fransiyalik qutqaruvçilar Monblan çöqqisidan ötgan dam oliş kunlari noqulay ob-havo şaroiti tufayli bedarak yöqolgan ikki nafar Italiya va ikki nafar Janubiy Koreya fuqarosining jasadlari topilganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Associated Press.

Chamonix-Mont Blanc qidiruv-qutqaruv guruhi ikki juft alpinistni Alp toğining eng çöqqisidan — 4,7 ming metr balandlikdan topgan. Ular sovuq urişi oqibatida vafot etgan.

Yölboşçisiz qolgan alpinistlar 7 sentabr kuni qutqaruvçilarni yordamga çaqirgan, ammo ob-havo şaroiti yomonlaşgani bois qutqaruvçilar na yer orqali va na vertolyotda voqea joyiga yetib bora olgan.

Şuningdek, koreyalik yana ikki alpinist murakkab qutqaruv operatsiyasi natijasida 8 sentabr tongida 4,1 ming metr balandlikdan muvaffaqiyatli qutqarib olingan. 

Fransuz hukumati holat yuzasidan tergov harakatlarini boşlagan.

Monblan — Ğarbiy Alp toğlaridagi toğ massivi bölib, Fransiya, Italiya va Şveytsariya çegarasi böylab 50 kilometr masofaga çözilgan. Eng baland joyi 4807 metr, Ğarbiy Yevropada eng baland çöqqi hisoblanadi.