Himoloy toğida uç kun qolib ketgan amerikalik va britaniyalik alpinistlar qutqarib olindi, deb xabar beradi Associated Press.

Britaniyalik Fey Jyeyn Menners va amerikalik Tereza Dvorak Hindistonning Uttarakxand ştatidan toğga kötarilişni boşlagan. 3 oktyabr kuni toş köçişi oqibatida ularning içida yegulik, çodir va alpinistlar asbob-anjomlari bölgan sumkalari daraga tuşib ketgan. Alpinistlar, şuningdek, aloqa uçun möljallangan qurilmalarining ham aksariyatidan ayrilgan, ammo ular şu kunning özida favqulodda yordam xabarini yuborişga ulgurib qolgan.

«Biz mening sumkamni kötarib çiqarayotganimizda toş köçişi sodir böldi va arqon uzilib, buyumlarimiz pastga tuşib ketdi», — deydi Menners.

Hindiston Harbiy-havo kuçlari va Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş boşqarmasi xodimlari iştirok etgan qutqaruv operatsiyasi 80 soat davom etgan. 4 oktyabr kuni uçgan ikkita vertolyot alpinistlarni topa olmagan. Biroq ertasi kuni Himoloyga kötarilayotgan fransuzlar guruhi toğda qolib ketgan alpinistlarga duç kelib, qutqaruv xizmatiga ularning koordinatalarini yuborgan va şundan keyingina ular pastga olib tuşilgan.