Ismi oşkor etilmayotgan alpinist 2013 yilda Monblan toğida metall quti topib olgan. Qimmatbaho toşlar solingan idişda “Hindistonda yasalgan” degan yozuvli xaltaça bor edi. Şuning uçun Fransiya rasmiylari u yarim asrdan köproq vaqt muqaddam Monblanda halokatga uçragan hind laynerdagi yölovçilaridan biriga tegişli deya taxmin qilişgan. Omadli alpinist fransuz qonunlariga amal qilgan holda topilmani politsiyaga olib borib bergan va qimmatbaho toşlar egasining qarindoşlari topilişini şu paytgaça kutgan.

Taxminlarga köra, xazina solingan quti 1950 yoki 1966 yilda Air India samolyoti qulaşi natijasida muzlik ustiga tuşgan

Biroq qarindoşlar topilmadi. Endi esa oradan sakkiz yil ötgaç, Monblan joylaşgan Şamoni kommunasi rasmiylari qonunga köra, xazinani alpnist bilan teng bölişdi. Xazinaning yarmi taxminan 150 ming yevroga teng.

Şamoni meri Erik Furne bu haqida Frans-pressga intervyu berar ekan, alpinistni qonunlarga rioya etgani uçun maqtadi. Monblanda ötgan asrda ikkita hind layneri halokatga uçragan. 1950 yildagi halokatda 48 kişi, 1966 yilda esa 117 kişi halok bölgan.

Fransiya rasmiylari xazinani Bombey (hozirgi Mumbay)dan Nyu-Yorkka ketayotgan ikkinçi layner yölovçisi özi bilan olib ketayotgan bölgan, deya taxmin qilişyapti.

Ana öşa ikki halokatdan keyin alpinistlar köp yilar davomida vaqti-vaqti bilan Monblanda yuk qoldiqdari va inson tanasi bölaklarini topişgan.

2012 yilda toğ yonbağirlarida Hindistondan yuborilgan diplomatik poçta solingan qop topilgan. Uning içida 1966 yilga tegişli gazeta, taqvim va maktublar bölgan.

1966 yildagi aviahalokatda boşqa yölovçilar qatorida hind yadro dasturi otasi Homi Jahongi Baba ham halok bölgan.