Yevropa Ittifoqining eng baland çöqqisi Fransiya janubi-şarqidagi Monblan toği sönggi ikki yil içida 2 metr va 22 smga pasaygan. Bu haqda 5 oktyabr, payşanba kuni tadqiqotçilar guruhi ma’lum qildi. Sentyabr oyida ötkazilgan ölçovlar şuni körsatdiki, toğning balandligi dengiz sathidan 4805 metr va 59 santimetr tepada joylaşgan. Oldingi ölçovlar 2021 yilda amalga oşirilgan. 

Alp toğlarining eng baland çöqqisi qoyali qismini qoplagan qor qoplami qalinligining qisqarişi yozda yoğingarçilik miqdori kamayişi bilan boğliq bölişi mumkin, dedi geodezist Jan de Gar. Biroq, iqlimşunoslar, glyatsiologlar va boşqa olimlar töplangan ma’lumotlarni örganişi va yangi ölçov natijasini tuşuntiruvçi barça nazariyalarni ilgari surişi kerak, dedi ekspert. 

Toğning qoyali qismi dengiz sathidan 4792 metr balandlikda joylaşgan. Uni qoplagan qor va muz «qopqoği» qalinligi yildan yilga özgarib boryapti. 2001 yildan beri tadqiqotçilar har ikki yilda bir marta şunday ölçovlarni ötkazadi va bu yil ular birinçi marta uçuvçisiz uçiş apparatidan foydalandi. Şu tariqa, olimlar iqlim özgarişining Alp toğlari uçun oqibatlari haqida ma’lumot olyapti.