Yevropa korxonalari Xitoydagi biznes faoliyatini tobora köproq qayta körib çiqmoqda. «Xavflar ortib bormoqda va foyda kamayib bormoqda. Hozirda köplab investorlar Xitoy bozoridagi muammolari uzoq muddatli bölişi mumkinligi haqidagi reallikka duç kelişmoqda», deyiladi Yevropa Ittifoqi Savdo palatasi 11 sentabr, çorşanba kuni e’lon qilgan tadqiqotda.
Xitoyda faoliyat yuritayotgan 1700 ta Yevropa kompaniyalari örtasida ötkazilgan sörov natijalariga köra, Yevropa korxonalari orasida eng katta taşviş XXRning hozirgi iqtisodiy zaifligidir. Yana bir muhim muammo - bu Xitoy hukumatining geosiyosiy keskinlik va noaniq tartib-qoidalari fonida Xitoyda işbilarmonlik muhiti tobora siyosiylaşuvi.
Xitoy iqtisodiyoti hali kovid pandemiyasi oqibatlaridan qutulgani yöq
Koronavirus pandemiyasi sabab bölgan çeklovlar bekor qilinganidan keyin Xitoy iqtisodiyoti töliq tiklangani yöq. Mamlakatda iste’mol muhimi hali ham past, köçmas mulk inqirozi iqtisodiyotning boşqa tarmoqlariga salbiy ta’sir körsatmoqda, yoşlar işsizligi yuqori. XXR rahbariyati joriy yil uçun iqtisodiy ösişni beş foizga prognoz qilmoqda, biroq ekspertlar bu prognozlarni ambitsiyali deb hisoblamoqda.
Iyul oyida Xitoy Kommunistik partiyasi islohotlarni ilgari suriş töğrisida qaror qabul qildi, biroq öşandan beri aniq qarorlar e’lon qilinmadi. KKP markaziy qömitasining plenumida qabul qilingan dastur, «xavfsizlikning ustuvor yönalişlari ortib borayotgan bir şaroitda, xususiy sektorga emas, balki davlat sektoriga ustunlik berilişi mumkinligini» körsatadi, deb ta’kidlaydi Yevropa Ittifoqining Xitoydagi Savdo palatasi.
Xorijiy kompaniyalar Xitoyning kontrrazvedka va xalqaro munosabatlar sohasidagi qonunlari tufayli tobora köproq muammoga duç kelmoqda. «Bu köproq huquqiy xavfsizlikni ta’minlaydigan boşqa bozorlarning jozibadorligini oşiradi», deya xulosa qiladi Yevropa Ittifoqi Savdo palatasi. Şu bilan birga, u Xitoy hali ham «muhim salohiyat»ni saqlab qolganini tan oladi.












