Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabariga köra, 12 sentabrda xorijda ota-ona qaramoğisiz qiyin hayotiy vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik bir nafar bola mamlakatga qaytarib olib kelindi. Agentlik hamda Içki işlar vazirligi mas’ul xodimlarining kömagi ostida Rossiyadan Toşkentga olib kelingan bola buvisining qaramoğiga topşirildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan endilikda ularga özlarining yaşaş manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning özlari va ularning oila a’zolariga psixologik va huquqiy yordam körsatib boriş belgilangan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Taşqi işlar vazirligi kömagida Içki işlar vazirligi mas’ul xodimlari hamrohligida xorijiy mamlakatlarda ota-ona qaramoğisiz qolgan va qaytarilişi rejalaştirilgan voyaga yetmagan bolalar olib kelinguniga qadar ularni oilalariga qaytariş va jamiyatga ijtimoiylaşuvini taşkil etiş böyiça zarur tayyorgarlik işlari amalga oşirilmoqda.