Şvetsiya poytaxti Stokgolm aholisi 2033 yilga borib 137 ming kişiga oşadi, şu bois şaharda uy-joy yetişmovçiligi keskin oşişi kutilmoqda.

Qayd etilişiça, Stokgolmda uy-joyga bölgan talab yuqoriligiça qolmoqda. Talabni qondiriş uçun yiliga örtaça 20 mingga yaqin yangi uy-joy quriş talab etiladi. «Şahar yaxşi uy-joylar bilan ta’minlanişi muhim, ammo bizga siyosatçilarning yordami kerak. Aks holda biz jiddiy oqibatlarga duç kelamiz», — deydi mintaqa kengaşi a’zosi Gustav Xemming.

Uy-joy tanqisligi muammosi munitsipalitetlar qurilişga veto qöyiş huquqiga ega ekani bilan boğliq. Xemmingning aytişiça, davlat bilan janubiy tramvay tarmoği, yangi metro stansiyalari va tor yönalişli temiryölni uzaytiriş böyiça kelişuvlarga erişilgani natijasida 170 mingta uy quriladi.

«Şahar aholisining 2033 yilga kelib 137 ming nafarga köpayişi malakali kadrlarga bölgan ehtiyojni qondiriş uçun yetarli emas. Bu hukumat uçun juda muhim taşviş signalidir. Mehnat migratsiyasi muhim ahamiyatga ega böladi», — deydi Xemming.

Skone va Vestra-Gyotaland mintaqalarida esa aholi ösişining sekinlaşişi kuzatilmoqda — bu migratsiya va tuğilişning pasayişi bilan boğliq. 

Avvalroq Şvetsiya hukumati migrantlarning öz vataniga qaytib ketişini rağbatlantiriş böyiça moliyaviy qöllab-quvvatlovni 35 barobarga oşirişi töğrisida xabar berilgandi. Hukumat budjeti loyihasida 2025 yilda migratsiya siyosati uçun 513 million krona (49,53 million dollar), 2026 yilda 2 milliard 599 million krona (247,55 million dollar), 2027 yilda esa 1 milliard 357 million krona (131,27 million dollar) ajratiş közda tutilgan.