Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon 16 sentabr kuni öz mamlakati yadroviy dasturni faqat ilmiy-texnik maqsadlarda işlab çiqişini, yadro qurolini yaratiş uçun emasligini aytdi. Bu haqda IRIB telekanaliga tayanib TASS xabar berdi.
«Öylaymanki, biz buni (yadro qurolini yaratişni) istamasligimizni köp marta aytdik, biz yadroviy qurol yaratiş yöllarini qidirmayapmiz», dedi u.
Şu bilan birga, u Tehron heç qaçon raketa dasturidan voz keçmasligini, çunki mintaqadagi boşqa kuçlarni tiyib turiş zarurligini ta’kidladi.
«Agar bizda raketalar bölmasa, raqiblarimiz Ğazoda bölgani kabi bizni xohlagan vaqtda bombalaydi», deb ta’kidladi u.
2015 yilda Eron va xalqaro vositaçilar «oltiligi» – BMT Xavfsizlik Kengaşining beşta doimiy a’zosi bilan Germaniya – Qöşma keng qamrovli harakatlar rejasini (QHR) tuzdilar, unga köra Tehron xalqaro va bir tomonlama sanksiyalarni bekor qiliş evaziga öz yadroviy dasturini rivojlantirişni çeklaşi şart edi.
AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp 2018 yilda Qöşma Ştatlarni uşbu kelişuvdan bir tomonlama çiqarib taşladi va Eronga qarşi sanksiyalarni tikladi, bu esa Tehronni kelişuvning ayrim şartlarini bajarişdan asta-sekin voz keçişga undadi.
Tramp örniga kelgan Jo Bayden ma’lum şartlar ostida kelişuvga qaytişga tayyorligini ma’lum qildi. Eron, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Fransiya va Rossiya Venada kelişuvni tiklaş maqsadida bir neça raund muzokaralar ötkazdi, ammo ular heç qanday aniq natija bermasdan töxtatildi.












