AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyuştirişda gumon qilingan Rayan R.ga ilk bor ayblov e’lon qilindi. Bu haqda 16 sentabr, duşanba kuni Amerikaning CNN telekanali huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar berdi.
Aytilişiça, erkak sudlangan bölişiga qaramay, öqotar qurolni noqonuniy saqlaş, şuningdek, raqami öçirilgan öqotar qurolga egalik qilişda ayblanmoqda. Tergov davom etar ekan, Rayan R. qöşimça va jiddiyroq ayblovlarga duç kelişi mumkin, deyiladi naşrda.
CNNtelekanaliga köra, birinçi sud majlisi Florida ştatidagi Palm-Biç okrugida bölib ötdi. Keyingi sud majlisi 23 sentabr, duşanba kuniga belgilangan. Ungaça gumonlanuvçi qamoqda qoladi.
Donald Trampga hujumda gumonlanayotgan şaxs haqida nimalar ma’lum
Donald Trampga suiqasd uyuştirişda gumon qilinayotgan şaxs - Havayida uy quruvçi yakka tartibdagi tadbirkor Rayan R. Xabar qilinişiça, u ijtimoiy tarmoqlarda AQŞ sobiq prezidentini tanqid qilgan va Ukrainada Rossiya boşlagan uruşning faol tarafdori bölgan. Gumonlanuvçi avvalroq hibsga olingan edi.
AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd
Respublikaçilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga «yaqin masofada» otişma yuz berdi. Bu haqda saylovoldi ştabi 15 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida yozgan. Amerika Qöşma Ştatlarining sobiq prezidenti xavfsiz joyda ekani xabar qilindi.
Şu bilan birga, Trampning öğli, kiçik Donald Tramp özining X akkauntida voqea sodir bölgan joy yaqinidagi butalar orasidan AK-47 avtomati topilganini da’vo qildi. «Gumonlanuvçi qölga olingan», deb qöşimça qildi kiçik Tramp.
New York Post gazetasining xavfsizlik manbalariga tayanib yozişiça, öq faqat AQŞ maxfiy xizmati agenti tomonidan otilgan. Gumonlanuvçi qölga olingan, biroq uning bunday qilişiga nima sabab ekani haqida heç narsa ma’lum emas.












