Instagram ijtimoiy tarmoği 13-17 yoşli ösmirlar uçun ularning ota-onasi nazorat qila oladigan akkauntlar joriy etilişini e’lon qildi. Özgarişlar haqida Instagram rahbari Adam Mosseri Good Morning America dasturi jonli efirida aytib ötdi.
Ösmirlar akkauntlarida kattalarnikiga nisbatan bir qator çeklovlar mavjud böladi. Bunday akkauntlar faqat özlari obuna bölgan yoki ilgari muloqot qilgan şaxslardan xabarlarni qabul qila oladi.
Şuningdek, ösmirni faqat unga obuna bölgan akkauntlar teg qilişi mumkin. Bundan taşqari, Instagram’dagi ösmirlar akkauntlari keçqurun soat 22:00 dan ertalab soat 7:00 gaça “uyqu rejimi”ga ötadi. Bu vaqtda bildirişnomalar öçiriladi, xabarlarga avtomatik javoblar yuboriladi va ijtimoiy tarmoqni yopiş kerakligi haqida ogohlantiriş körsatiladi. Şunday ogohlantirişlar kunduz kuni ham, ösmir Instagram’da bir soat vaqt ötkazgandan söng paydo böladi.
Ösmirning ota-onasi öz telefonlaridan uning akkauntiga kirişi va Instagram yoki Threads’da ötkaziladigan vaqt limitlarini belgilaşi mumkin böladi. Bunda ota-onalar qidiruv tarixi va çatlarni köra olmaydi, postlar yozmaydi yoki akkaunt parolini özgartirmaydi, deyilgan xabarda.
Çeklovlar ijtimoiy tarmoqdan avvaldan foydalanib kelayotgan ösmirlar uçun ham, yangi foydalanuvçilar uçun ham joriy etiladi. Bunda 16 yoşdan kiçik foydalanuvçilarning mavjud akkauntlari avtomatik ravişda yopiq rejimga ötkaziladi va ularni ommaga oçiş uçun ota-onalarning ruxsati kerak böladi.
16 yoşgaça bölgan ösmirlar faqat ota-onalarining ruxsati bilan öz akkauntlari sozlamalarini “kattalarnikiga” özgartirişlari mumkin. 16-17 yoşlilar, agar akkauntda ota-ona nazorati bölmasa, sozlamalarni mustaqil ravişda özgartira oladi.
“Uşbu sozlamalar ösmirlarning Instagram’dagi xavfsizligini ta’minlaş, nomaqbul kontaktlarni çeklaş, ularning yoşiga mos kontentni körsatiş va ularga Instagram’dagi vaqtini boşqarişda yordam beriş uçun möljallangan”, — deyiladi ijtimoiy tarmoq xabarida.
Özgartirişlar ön millionlab foydalanuvçilarga ta’sir qilişi kutilmoqda. Çeklovlar 60 kun davomida AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliyada, yanvar oyidan esa boşqa hududlarda joriy etiladi. Instagram, Facebook va WhatsApp’ga egalik qiluvçi Meta kompaniyasi yaqin oylarda boşqa ilovalar uçun ham xuddi şunday yangi qoidalarni joriy etişini ma’lum qildi.











