Meta’ga qarşi yirik sud: amerikaliklar ijtimoiy tarmoqlarda keskin özgarişlar talab qilyapti
|18:54 / 19.08.20265 9329 min
AQŞda Meta kompaniyasiga qarşi 29 ta ştat da’vosi böyiça dastlabki sud eşituvlar boşlandi. Prokurorlar ilgari surgan da’voda, kompaniya foyda köriş maqsadida bolalarni qasddan Facebook va Instagramʼga qaram qilişga uringani aytiladi.
Footo: Reuters Kaliforniya yuristi Megan O'Nilning suddagi çiqişiFooto: Reuters Kaliforniya yuristi Megan O'Nilning suddagi çiqişi
Ikki partiya vakillaridan iborat AQŞning 29 ta ştati Meta ustidan sudga da’vo arizasi kiritgan. 2023-yilda boşlangan sud jarayonlarida da’vogarlar ehtimoliy önlab milliard dollar miqdorida jarima undirişni hamda Meta’ning biznes yuritiş uslubini özgartirişni talab qilmoqda.
Da’vogarlar kim va ular nima xohlaydi?
Kaliforniya, Kolorado, Kentukki va Nyu-Jersi kabi 4 yetakçi ştat vakillari Meta kompaniyasini – «yoş foydalanuvçilarni öziga jalb qiliş uçun Facebook va Instagramʼni ataylab şunday loyihalaşda, ularda taşviş, depressiya va hatto öz joniga qasd qiliş holatlarini kuçaytirişda» ayblamoqda. Şuningdek, ayblovlar qatorida «platformalar xavfsizligi borasida iste’molçilarni çalğitiş» ham bor. Barça 29 ta ştat rasmiylari esa Meta’ni «bolalarning şaxsiy ma’lumotlarini notöğri töplaş va ulardan foydalaniş orqali federal qonunlarni buzganlikda» ayblamoqda.
18-avgust kuni Kaliforniya ştatining Oklend şahridagi federal sudda dastlabki eşituvlar boşlandi. Reuters’ning yozişiça, ekspertlar uşbu jarayonni ijtimoiy tarmoqlarning yoş foydalanuvçilarga ta’siri böyiça şu paytgaça bölgan eng yirik huquqiy sinov deb atamoqda.
Asosiy da’vogar ştatlar Meta’dan Facebook va Instagramʼni tubdan özgartirişni talab qilmoqda. Jumladan:
layklar sonini körsatişni bekor qiliş;
yangi postlarni körişga undaydigan çeksiz varaqlaş (infinite scroll) funksiyasini olib taşlaş;
yoş foydalanuvçilar uçun vaqt çeklovlarini örnatiş;
13 yoşgaça bölgan bolalarni tarmoqqa kirmasligini ta’minlaş uçun çeklovlar joriy etiş talab qilinmoqda.
AQŞ Federal qonunçiligiga köra, federal sud zallaridan radioeşittiriş beriş yoki foto/video tasvirga oliş taqiqlanadi. Bu sudlanuvçilar, guvohlar va hakamlar hay’ati a’zolarining şaxsiy xavfsizligi hamda daxlsizligini himoya qiliş uçun közda tutilgan. Şu bois, Meta kompaniyasiga qarşi ötkazilgan mahkamada ham fotosuratlar örniga çizilgan rasmlardan - sud eskizlaridan foydalanilmoqda.
Mavzuga oid
Ayblov tomonining dalillari
Kaliforniya boş prokurorining örinbosari Megan ÖNil sakkiz kişidan iborat hakamlar hay’atiga Meta’ning biznes modeli tuşuntirişga harakat qildi. Unga köra, Meta «foydalanuvçilarni qarmoğiga ilintiriş, ularni imkon qadar uzoq vaqt uşlab turiş, ma’lumotlarini yiğiş va keyin haqiqatni jamoatçilikdan yaşiriş»dan iborat tizimda işlagan.
Kaliforniyaning yetakçi yuristi özining kiriş sözida Meta tomonidan uşbu iş doirasida taqdim etilgan millionlab hujjatlardagi ma’lumotlarga tayangan. Ular orasida içki tadqiqotlar, xodimlarning elektron xatlari va bevosita Sukerberggaça yetib borgan çat yozişmalari bor.
Foto: Getty Images
Megan ÖNil va Kolorado ştati yuristi Jeyson Slotouber /
Instagram böyiça bitta içki tadqiqotda şunday deyilgan: «Ösmirlarda undan foydalaniş borasida qaram insonlarga xos fikrlaş mavjud».
Boşqa bir tadqiqotda esa, Meta şuni aniqlagan: «tizimda ötkaziladigan vaqtni köpaytiriş uçun işlab çiqilgan mahsulot funksiyalari öz tabiatiga köra – inson farovonligiga ziddir. [Ular] odamlarning hayotiga mazmun qöşadigan maşğulotlarga e’tibor qaratiş qobiliyatini tortib oladi», deya hujjatdan iqtibos keltirmoqda BBC naşri.
Kaliforniya ştati yuristiga köra, Meta Instagramʼda 11 va 12 yoşli «millionlab» bolalar borligini aniqlagan. Ammo kompaniya «ularni tarmoqdan uzoq tutiş uçun deyarli heç narsa qilmagan».
Ehtimoliy salbiy ta’sirlardan xabardor bölişiga qaramay,Meta aynan yoşlarni nişonga olgan. «Meta bola ilovadan qançalik erta foydalanişni boşlasa, şunça yaxşi ekanligini anglab yetgan», dedi ÖNil. U, şuningdek, ştatlar Meta’ni yopib yuborişga urinmayotgani, ijtimoiy tarmoqlar «ayrim odamlar uçun ma’lum manfaatlarga ega» ekanligini qöşimça qildi.
Arturo Bexar / Reuters
Kiriş sözlari yakunlangaç, Meta’ning xavfsizlik böyiça sobiq muhandisi Arturo Bexar ştatlarning birinçi guvohi sifatida körsatma berdi. Bexar uzoq vaqtdan beri Meta bolalar xavfsizligi vositalari işlamasligini bilişini aytib keladi. U bunga qadar törtta sud jarayonida kompaniyaga qarşi guvohlik bergan.
Bexar hakamlar hay’atiga Metada – 13 yoşgaça bölgan bolalar tarmoqda ekanligini nazorat qilişda «sörama, aytma» yondaşuvini qabul qilinganini aytdi.
«Relslar, qisqa metrajli videolar kabi köplab mahsulotlar dunyoga taqdim etildi. Ularni dastlab qanday tatbiq etişda xavfsizlik masalasi hisobga olinmagan», dedi Bexar.
Meta ayblovlarni rad qildi
Meta’ning yuristlaridan biri Pol Şmidt ba’zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari qiyinçiliklarga duç kelişi borasida «heç qanday bahs yöq»ligini aytdi. Biroq tadqiqotlar – ösmirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi va ularning salomatligi yomonlaşuvi örtasida aniq boğliqlik yöqligini körsatganini ta’kidladi.
U, şuningdek, Meta boş direktori Mark Sukerberg kompaniyaning «öz xizmatlarini xavfli qilişni emas, balki ularni yaxşilaş niyatida ekanligi»ni aytib ötdi.
«Ular agar odamlarga öz xizmatlari yoqmasa, biznes muvaffaqiyatga erişişiga işonişmaydi», degan Şmidt sudda.
Meta yuristi Pol Şmidt / Reuters
Meta vakili yoş foydalanuvçilar soniga ham töxtalib, ularning soni «atigi 100 mingdan biroz köproq bölgani»ni bildirdi. Şuningdek, advokat Meta mahsulotlari öziga qaram qilmasligini aytdi. U, hakamlar hay’ati Instagramʼni «giyohvand modda», deb atagan xodim aslini olganda uni xavfsizroq qiliş uçun qanday işlar qilganini eşitişini ta’kidladi.
Kaliforniya yuristi Meta öz platformalari ösmirlarning ruhiy salomatligiga zarar yetkazişini bilganligini aytgan bölsa, Meta esa qançadan-qança ösmirlar tarmoqdan ijobiy taassurot olgani e’tibordan çetda qoldirmaslikni söradi.
Hukm qanday bölişi mumkin?
Naşrning yozişiça, hakamlar hay’ati maslahat xarakteridagi hukm çiqarişi kutilmoqda. Biroq Meta’ning javobgarligi böyiça sönggi qarorni AQŞ okrug sudyasi Ivonn Gonsales Rojers qabul qiladi. Agar u Meta’ni aybdor deb topsa, Rojers jarimalar qöllaşi hamda Facebook va Instagramʼga qat’iy özgartirişlar kiritişni buyurişi mumkin.
Meta’ning ta’kidlaşiça, jarimalar qiymati 1,4 trillion dollargaça yetişi mumkin. Bu esa Kremniy vodiysidagi uşbu kompaniyaning umumiy bozor qiymatiga yaqin summa. Ötgan haftadagi tinglovda boş prokurorlar bu summa 200 milliard dollarga yaqin bölişini aytgandi. Ya’ni Meta’ning taxminan uç yillik sof foydasiga yaqin summa.
Sud jarayoni yana olti hafta davom etişi rejalaştirilgan. Unda Sukerbergning özi va Instagram rahbari Adam Mosseri ham körsatma berişi kutilmoqda. Seşanba kungi protsessdan keyin Meta aksiyalari narxi pasaydi va savdolar yakunida 4,4 foizga tuşib ketdi.
Taşqaridagi namoyişlar va sud da’volari
Sud jarayoni boşlanganda binosi taşqarisida Meta’ning ba’zi tanqidçilari ham yiğilgandi. Ular orasida Meri Rodi ham bor edi. Rodining sözlariga köra, 2021-yilda uning 15 yoşli öğli Facebookʼda yovuz niyatli kimsaning qurboni bölganidan söng öz joniga qasd qilgan. Rodi bu holatni «bolalar örniga korporatsiyalarni himoya qiladigan tizimning oldindan aytiş mumkin bölgan natijasi», deb hisoblaşini bildirdi.
2021-yilda kompaniya sirlarini foş qilgan Frensis Xaugen AQŞ Senati qömitasiga Meta öz mahsulotlari bolalar uçun xavfli ekanligini aytgandi. Uning da’vosiga köra, Meta mahsulotlarini qanday qilib xavfsiz qilişni biladi, ammo köproq foyda oliş maqsadida bu borada heç narsa qilmaydi. Senatda aynan şu da’volar yangraganidan ikki yil ötib hozirgi sud jarayonlari boşlandi.
Foto: Reuters
Mart oyida Los-Anjelesdagi sudda Meta va Google kompaniyalari – bolaligida Instagram va YouTubeʼga qaram bölib qolganini da’vo qilgan ayolga 6 million dollar tölaşga majbur qilingandi.
Bugunga kelib, Meta va boşqa ijtimoiy tarmoq kompaniyalari, jumladan Snapchat, TikTok va YouTubeʼning boşqaruvçi kompaniyalar – ularning mahsulotlari yoş foydalanuvçilarga zarar yetkaziş-yetkazmasligi yuzasidan minglab sud da’volariga duç kelmoqda.