Daʼvolarda ijtimoiy platformalar bolalarda qaramlikni keltirib çiqarişi, foydalanuvçilarni xavfsizlik borasida çalğitişi va voyaga yetmaganlarning şaxsiy maʼlumotlarini noqonuniy yiğişi taʼkidlangan edi.

Taʼkidlaş joizki, sud majlisidan avvalroq Meta ehtimoliy jarimaning eng yuqori miqdorini qariyb 1,4 trillion dollarga baholagan, ştatlarning boş prokurorlari esa 200 milliard dollar atrofidagi ança realroq raqamni maʼlum qilgan edi.

Axios maʼlumotlariga köra, Meta voyaga yetmaganlar uçun bir qator çeklovlarni joriy qiladi, gap aniq raqamlar haqida ketmoqda: 18 yoşgaça bölgan foydalanuvçilar uçun Facebook va Instagram’da kuniga 2 soatlik çeklov, yarim tundan tonggi 6 gaça kirişni bloklaş, şuningdek, dars vaqtlarida bildirişnomalarni çeklaş nazarda tutilgan.

Pullar qayerga sarflanadi?

Bu şunçaki jarima emas - Meta ştatlarga jamoat salomatligini mustahkamlaş böyiça turli maqsadlar uçun mablağ ajratişga rozi böldi. Bular qatorida inqiroz holatlarida yordam körsatiş, darsdan keyingi dasturlar, faol dam oliş va yoşlarning ruhiy salomatligini qöllab-quvvatlaş dasturlari bor.

Qiziqarli jihat - raqobatçilarga bosim

Kelişuv summasining taxminan 5 milliard dollari faqat YouTube va TikTok ham ştatlar bilan şunga öxşaş bitimga rozi bölsagina kuçga kiradi. Bu bitim bir soatlik kunduzgi çeklovni, tungi çeklovlarni, yoşni tasdiqlaş tizimlarini joriy etişni hamda har bir kompaniyaning taxminan 5 milliard dollar tölaşini öz içiga oladi. Yaʼni, Meta şu yöl bilan raqobatçilarni ham öziga öxşaş tartibga soliş doirasiga tortişga harakat qilmoqda.

Moliyaviy oqibatlar

Kompaniya uşbu kelişuv munosabati bilan joriy çorakda 10 milliard dollar miqdoridagi xarajatlarni hisobga olişini maʼlum qildi - bu summa avvalgi prognozlarda közda tutilmagan edi. Premarketda Meta aksiyalari 4,4 foizga ösdi - aftidan, investorlar buni eng yomon ssenariyning oldi olindi, deb qabul qilişgan.