Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Misrning mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan elçisi Amira Fahmiyni qabul qildi.

"Mamlakatda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Misrning Özbekistondagi elçisi Amira Fahmiy xonim bilan xayrlaşuv uçraşuvini ötkazdik, – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari. – Sönggi yillarda Özbekiston-Misr ikki tomonlama munosabatlaridagi sezilarli ijobiy sur’atni alohida ta’kidlaşdan mamnunmiz. Elçi xonimga davlatlarimiz örtasidagi aloqalarni boyitişga qöşgan hissasi uçun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Ma’lumot uçun, elçi Amira Fahmiy 2021 yilning 23 aprel kuni Özbekiston prezidentiga işonç yorliqlarini topşirgan edi.