AQŞ prezidenti va uning oilasi a’zolari xavfsizligini ta’minlaşga mas’ul Maxfiy xizmat SpaceX asosçisi va X ijtimoiy tarmoği egasi Ilon Maskning tviti sabab tekşiruv boşladi, deb xabar beradi Bloomberg.

Maxfiy xizmatning ma’lum qilişiça, Maskning posti haqidagi ma’lumotlar «huquqiy maqsadlarda töplangan» va tergov jarayonlariga xalaqit bermasligi uçun oşkor etilmaydi.

Axios’ning ta’kidlaşiça, Maxfiy xizmatning tergovi Mask biror-bir javobgarlikka tortilişini anglatmaydi, ammo u prezident Jo Bayden yoki prezidentlikka nomzod Kamala Harris uçun xavf tuğdirmasligini isbotlaşga majbur böladi.

Gap Mask 15 sentabr kuni keçqurun, Respublikaçilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga uyuştirilgan hujumdan keyin yozgan tviti haqida ketmoqda. Mask X ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilardan birining «Nima uçun ular Donald Trampni öldirmoqçi?», degan tvitini repost qilgan va unga «Heç kim Bayden yoki Kamalani öldirişga urinmayapti», deya izoh qoldirgan.

Foydalanuvçilar Maskdan tvitni öçirib taşlaşni talab qildi, ammo u bunday qilişdan boş tortdi. Natijada, u ertasi kuni tvitini öçirib, bu hazil bölganini bildirdi.

Maskning posti Oq uyda tanqid qilindi. «Prezident Bayden va vitse-prezident Harris keçagi vahimali yangiliklardan keyin e’lon qilganidek, «mamlakatimizda siyosiy zöravonlikka yoki har qanday turdagi zöravonlikka» örin yöq va «barçamiz uşbu mojaro katta zöravonlikni keltirib çiqarmasligi uçun öz hissamizni qöşişimiz kerak», — deyiladi Oq uy xabarida.

AQŞ sobiq prezidentiga suiqasd

Respublikaçilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga «yaqin masofada» otişma yuz berdi. Bu haqda saylovoldi ştabi 15 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida yozgan. Amerika Qöşma Ştatlarining sobiq prezidenti xavfsiz joyda ekani xabar qilindi.

Şu bilan birga, Trampning öğli, kiçik Donald Tramp özining X akkauntida voqea sodir bölgan joy yaqinidagi butalar orasidan AK-47 avtomati topilganini da’vo qildi. «Gumonlanuvçi qölga olingan», deb qöşimça qildi kiçik Tramp.

New York Post gazetasining xavfsizlik manbalariga tayanib yozişiça, öq faqat AQŞ maxfiy xizmati agenti tomonidan otilgan. Gumonlanuvçi qölga olingan, biroq uning bunday qilişiga nima sabab ekani haqida heç narsa ma’lum emas.