Kriminologiya tadqiqot instituti direktori Baxtiyor Berdialiyev Vengriya Huquqni muhofaza qiluvçi organlar akademiyasi (Politsiya akademiyasi) boşliği general-mayor Gabor Kovaç bilan muzokara ötkazdi.
"Vengriya va Özbekiston nafaqat strategik hamkor davlatlar, balki undan ham yaqinroqdir, ya’ni qardoş xalqlardir. Biz ota-bobolarimiz Enasoy va Ural daryolari atrofida yaşagan turkiy xalqlardan kelib çiqqanidan faxrlanamiz. Bu buyuk tariximizni biz avlodlar heç qaçon unutmaymiz. Özbekistonliklar uçun eşiklarimiz doimo oçiq. Barça sohalarda hamkorlikka tayyormiz", dedi akademiya boşliği.
Vengriya tomoni bilan giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga qarşi kuraşiş va ozodlikdan mahrum etilgan şaxslar bilan suhbat ötkaziş orqali jinoyatni oldini oliş sohalarida qöşma ilmiy izlanişlar olib boriş yuzasidan ahdlaşib olindi.












