23 sentabr, duşanba kuni Yaponiyaning F-15 va F-35 qiruvçi samolyotlari Yaponiya havo hududini buzgan Rossiya harbiy razvedka samolyotiga ogohlantiruvçi raketalar uçirdi, deb yozadi The Wall Street Journal (WSJ). Ta’kidlanişiça, bu voqea 1958 yildan beri yapon mudofaa kuçlarining ogohlantiruvçi raketalari uçirilgan birinçi şunday hodisaga aylandi.
Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Yoşimasa Xayaşining sözlariga köra, Rossiyaning Il-38 patrul samolyoti 23 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 dan 16:00 gaça Yaponiya şimolidagi Rebunna oroli suvlari ustidan uçib uç marta Yaponiya havo hududiga kirgan.
Yoşimasa Xayaşi qöşimça qilişiça, Yaponiya uşbu qoidabuzarlik yuzasidan Rossiyaga «öta kuçli norozilik» bildirdi. WSJ ta’kidlaganidek, Yaponiya harbiy-havo kuçlari ikki marta Rossiya samolyotiga havo hududini tark etiş töğrisida ogohlantiriş va talablar yuborgan, uçinçi ogohlantirişdan sönggina signal raketalarini uçirgan. Rossiya Mudofaa vazirligi naşrning vaziyatga izoh beriş söroviga javob qaytarmadi.
Yaponiya çegaralarini buziş holatlari köpaydi
Sönggi yillarda Rossiya harbiylari Xitoy harbiylari bilan qöşma maşğulotlarda qatnaşib, Yaponiya hududida tobora köproq harakat qilmoqda, şu bilan birga, har ikki davlat Ğarb va uning ittifoqçilariga qarşi aloqalarni mustahkamlamoqda, deya qayd etadi WSJ.
Şunday qilib, ötgan dam oliş kunlari «Şimol — Özaro hamkorlik 2024» rus-xitoy öquv maşğulotlarining navbatdagi bosqiçi Oxotsk dengizi va Yapon dengizida harbiy kemalar iştirokida bölib ötdi. «Unda şartli duşmanning havodan, suvdan va suvostidan hujumini qaytariş maşqlari işlab çiqildi», deya xabar beradi «RIA Novosti» naşri. Sentyabr oyi boşida ikkala harbiy-dengiz kuçlari ham şunga öxşaş maşqlarni ötkazgan edi, ularni Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Tinç okeanida AQŞga qarşi turiş uçun zarur» deb atadi.
Yaponiya hukumati ma’lumotlariga köra, SSSR davridan beri Yaponiya havo hududini Rossiya harbiy samolyotlari eng köp buzgan — 48 ta havo hududining buzilişining 44 ga yaqini Sovet Ittifoqi yoki Rossiya tomonidan sodir etilgan.












