Qirğiziston Jogorku Keneşining Konstitutsiyaviy qonunçilik, davlat tuzilişi, sud-huquq masalalari va reglament qömitasi Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarişni rad etdi.
Qayd etilişiça, qömita yiğilişida deputat Gulya Kojokulova mazkur masalani har tomonlama örganib çiqiş uçun vaqtinçalik deputatlik komissiyasini tuziş taklifini bergan.
Xalq deputati Janar Akayev komissiya tuzilişiga qarşi çiqib, Asqar Akayev prezidentlik davrida mamlakatda oilaviy-klanlar boşqaruvi gullab-yaşnagani, insonlar ölimiga olib kelgan Axsi voqealari sodir bölganini eslatib ötgan.
Muhokama yakunida qömita Asqar Akayevning sörovini inobatga olgan va uning vaqtinçalik deputatlik komissiyasini tuziş töğrisidagi arizasini rad etiş böyiça taqdimnoma bilan Jogorku Keneşga körib çiqiş uçun taqdim etgan.
Qirğizistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev 5 sentabrda Jogorku Keneşga (parlament) «sobiq prezident» maqomini tiklaş böyiça sörov yöllagan. Asqar Akayev Qirğizistonni mustaqillikning ilk yillaridan 2005 yilgaça boşqargan. Mamlakatda inqilob yuz berib, Qurmanbek Bakiyev hokimiyatga kelgaç, ağdarilgan Akayev va uning oila a’zolari Rossiyaga qoçib ketgan.












