Germaniyada «Şimoliy oqim 1» va «Şimoliy oqim 2» gaz quvurlarini portlatiş bilan boğliq iş böyiça hibsga oliş uçun bir qança order çiqarildi, dedi Germaniya hukumati matbuot kotibi Şteffen Xebeştrayt brifingda.
«Bu huquqiy davlatda odatdagi hol, keyin protsedura bölişi kerak va bu jarayon oxirida hukm çiqariladi, şundan keyin uşbu masala böyiça gapiriş mumkin böladi», dedi u.
Xebeştraytning qayd etişiça, tergov Germaniya Boş prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Ön kun oldin Germaniya kansleri Olaf Şols «Şimoliy oqim» quvurini portlatganlar javobgarlikka tortilişi kerakligini aytib, voqeani terrorçilik harakati deb atadi. «Bu degani, biz barça xavfsizlik idoralari va federal prokuraturani heç kimga e’tibor bermasdan tergov ötkazişga çaqiramiz. Heç narsa yaşirilmaydi», dedi u.
Avgust oyida Germaniya Boş prokuraturasi Vladimir Juravlyovni «Şimoliy oqim» quvurlarini portlaşga aloqadorlikda gumonlab, hibsga oliş uçun order bergan edi. U Ukraina suvga şönğiş markazi Dive Team va Amerika şönğiş böyiça instruktorlar assotsiatsiyasi (PADI) xodimi bölgan. Undan taşqari, portlatişda Kiyevdagi Scuba Family akvalanglar oilasi maktabi öqituvçilari ham iştirok etgan bölişi mumkin. Spiegel xabariga köra, gumondor hibsga oliş uçun order çiqarilişidan bir neça kun oldin Germaniyadan qoçib, Polşaga ketgan va u yerdan Ukrainaga köçib ötgan.
Tergov ma’lumotlariga köra, Juravlyov va uning şeriklari 2022 yil sentabr oyida Bavaria Cruiser 50 Andromeda yelkanli yaxtasida Rostok portidan çiqib ketişgan. Keyinçalik ular Boltiq dengizi tubidagi quvurlarga portlovçi moddalar örnatgani taxmin qilinmoqda. Bu işda undan taşqari yana beş kişi (tört erkak va bir ayol) iştirok etgan.
Kiyev Ukrainaning sabotajga aloqadorligini rad etadi.












