Olimlar MT1 melatonin retseptori tuş köriş, hissiy regulyatsiya va xotirani mustahkamlaşga javob beradigan tezkor uyqu fazalarining asosiy tartibga soluvçisi ekanini aniqladi, deb xabar beradi Neuroscience News.
Uşbu yangilik uyquni va REM-uyquning buzilişi bilan boğliq Parkinson hamda demensiya kabi kasalliklarni davolaşga xizmat qiladigan yangi usullarni işlab çiqişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotçilarning sözlariga köra, inson uyqusi turli fiziologik funksiyalarni bajaruvçi tartibli ketma-ketlikdan iborat. Tezkor uyqu kognitiv jarayonlarda asosiy rolni öynasa, uzoq davom etadigan uyqu organizmning jismoniy qayta tiklanişini ta’minlaydi. Uşbu siklning buzilişi kognitiv funksiyalarga salbiy ta’sir körsatişi va nerv-psixologik kasalliklar paydo böliş xavfini oşirişi mumkin.
Journal of Neuroscience’da e’lon qilingan tadqiqotda birinçi marta tezkor uyquni boşqaruvçi aniq retseptor haqida söz boradi. Bunga qadar olimlar aynan qaysi retseptor mazkur fazaga javob berişini bilmas edi. Hozirda tezkor uyquni yaxşilaşga qaratilgan dori vositalari yöq, çunki mavjud uyqu dorilarining aksariyati uning davomiyligini kamaytirişga xizmat qiladi.
Professor Stefano Komai boşçiligidagi Paduya universiteti tadqiqotçilar guruhi MT1 miyaning Locus Coeruleus nomi berilgan sohasidagi neyronlarga ta’sir körsatişini aniqlagan. Maxsus dori yordamida olimlar hayvonlardagi MT1 ni faollaştirib, tezkor uyquning davomiyligini oşirişga erişgan.












