Olimlar uyqu soatlarining «oltin öqi»ni aniqladi - soğlom katta yoşli odam uçun 6 soat 24 daqiqadan 7 soat 48 daqiqagaça uxlaş yetarli ekan. Bundan kamroq yoki köproq uxlaş miya va içki a’zolarning tezroq qarişi hamda kasalliklarning yuqori xavfi bilan boğliq. Bu haqda Harvard universitetining inson evolyutsion biologiyasi professori Deniyel E. Liberman The Washington Post gazetasida yozdi.
Qayd qilinişiça, yaqinda mutaxassislar 8 soat uxlaş zarurligi haqidagi afsonani rad etib, bu sözlarni tadqiqot bilan tasdiqlagan. Nature jurnalida çop etilgan yangi ilmiy maqolada esa 6,5 soatlik uyqu ham yetarli ekanligi aytiladi.
Tadqiqotçilar öz uyqu odatlari haqida mustaqil ravişda xabar bergan yuz minglab odamlarning ma’lumotlarini örganib çiqdi. Tadqiqotçilar uşbu iştirokçilarning tibbiy yozuvlarini örganişdan taşqari, ularning qarişini baholaş uçun a’zolarining töqima namunalarini tahlil qilişning murakkab usullaridan foydalandi. Ular uyquning yetişmasligi yoki haddan taşqari köpligi miyadan tortib yurak va içaklargaça bölgan butun organizmning şikastlanişi bilan boğliqligini aniqladi. Butun tana böylab töqimalarning şikastlanişi, ehtimol, uyquning yetişmasligi yoki haddan taşqari köpligi nima uçun tezroq qariş va erta ölimga olib kelişini tuşuntiradi.
Biroq muallif tadqiqotning kamçiliklarini ham ta’riflaydi. Xususan, bunday usul sababni oqibatdan farqlaşga imkon bermaydi.
«Özini yomon his qilayotgan odamlar köpinça köproq uxlaşi sababli, 8 soatdan ortiq uyqu notöğri ravişda zararli deb hisoblangan bölişi mumkin», deb yozdi u.
Şu bilan birga, uning fikriça, tadqiqot yetarli uyqu soğliq uçun foydali ekanini isbotlovçi dalillarni sezilarli darajada töldiradi. Ehtimol, deb yozdi u, uyqusizlik qarişni tezlaştirişini anglaş «uyqu yetişmaydiganlar uçun xavotirli signal bölib xizmat qiladi va ularni ertaroq uxlaşga majbur qiladi». Köp uxlaydigan odamlar esa ertaroq turiş uçun budilnikni işga tuşira boşlaydi.
Odatda uyquga bölgan ehtiyoj yoş ötişi bilan sezilarli darajada özgaradi - yoş ulğaygan sari u asta-sekin kamayadi, ammo tungi dam olişning ahamiyati özgarmaydi. Misol uçun, kattalar kamida 7 soat uxlaşi kerak deb hisoblanadi, bu yuqoridagi tadqiqot bilan töliq boğliq. Şuningdek, kerakli uyqu miqdori turmuş tarzi, stress darajasi va salomatlikka boğliq.












