Your Tango naşrining ta’kidlaşiça, ba’zi odamlar soat 22:00 da uxlaşga yotişi mumkin, ammo uxlay olmaydi. Buning örniga seriallarni tomoşa qiladi yoki tungi soat 3 gaça telefonda vaqt ötkazadi.
Agar yoşingiz 50 dan oşgan bölsa va yomon uxlasangiz, uşbu 6 ta oddiy maslahat sizga çindan ham dam olgan holda uyğonişga yordam beradi:
1. Har kuni kamida yigirma daqiqa quyoş nuri ostida böling
Naşrning tuşuntirişiça, kun davomida yoruğlik ta’siri organizmga uyqu va uyğoqlikning normal siklini saqlaşga yordam beradi. Tabiiy quyoş nuri organizmning melatonin gormoni işlab çiqarilişi va ajralişini tartibga soladi, bu gormon tunda tabiiy uyqu siklini boşlaydi. Quyoş nuri ta’siri miyaga tartibsiz uyqu sikllarini tuzatiş imkonini beradi. Buning natijasida quyoş nurini yetarli darajada oladigan 50 yoşdan oşgan odamlar odatda kun davomida özlarini tetikroq his qiladi, taşviş va uyqusizlikdan kamroq aziyat çekadi hamda umumiy salomatlik holati yaxşilanadi.
2. Keçqurun içadigan suyuqlik miqdorini kamaytiring
Kun davomida suv içiş organizm salomatligi uçun muhimdir. Ammo keçqurun köp suyuqlik içiş uyquning buzilişiga olib kelişi mumkin. Köp suyuqlik içiş tez uyqu fazasini qisqartirdi va hojatxonaga boriş uçun uyğoniş zaruratini oşirdi.
3. Uyqudan kamida ikki soat oldin yoruğlik ta’sirini çeklang
Yaxşi uxlaş uçun ekran qarşisida ötkazilgan vaqtni kitob öqiş kabi jarayon bilan almaştiriş kerak. Televizor, noutbuk va smartfon ekrani uxlaşga qöymaydigan yoruğlik tarqatadi. Ekran qarşisida ötiriş örniga, relaksatsion yoki nafas oliş maşqlari, yumşoq va tinçlantiruvçi musiqa yordamida böşaşişga harakat qiling yoki şunçaki yaqinlaringiz bilan vaqt ötkazing.
4. Magniyga boy mahsulotlarni iste’mol qiling
Tadqiqotçilar uyqu kontekstida magniyga alohida e’tibor qaratmoqda, çunki u organizmning içki biologik soatlarini tartibga solişga yordam beradi. Magniy muşaklar va miyaning böşaşişiga yordam beradi. Ratsionga magniyga boy mahsulotlarni, masalan, bodom, keşyu, qovoq uruği, yaşil bargli sabzavotlar, avokado va bananni kiritiş mumkin, ular uşbu hayotiy muhim mineralning katta miqdorini öz içiga oladi.












