Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yetakçi avializing kompaniyalaridan biri bölgan SMBC Aviation Capital bilan ikkita Airbus A321 NEO havo kemasini yetkazib beriş böyiça lizing şartnomasini imzoladi. Samolyotlar 2026 yilda yetkazib beriladi.

Qayd qilinişiça, Airbus A321 NEO avialayneri Uzbekistan Airways uçun yangi turdagi havo kemasi bölib, aviakompaniyaga Yevropa va Janubi-Şarqiy Osiyo yönalişlarini kengaytiriş imkonini beradi.

«Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Markaziy Osiyo mintaqasida aviataşuvlar böyiça yetakçi bölişni öz oldiga katta maqsad qilib qöygan. Yönalişlar tarmoğini doimiy ravişda kengaytiriş, parvozlar sonini köpaytiriş va ularni yangi Airbus A320/A321 NEO oilasiga mansub havo kemalarida samarali amalga oşiriş rejalaştirilgan. Uşbu turdagi havo kemalar qulay parvoz va yoqimli sayohat uçun zarur şaroitlarni ta’minlaydi. Biz, şubhasiz, SMBC Aviation Capital'dan yangi havo kemani oliş orqali bu maqsadlarning barçasiga erişamiz», dedi Uzbekistan Airways boşqaruvi raisi Şuhrat Xudoyqulov.

«Biz Uzbekistan Airways aviakompaniyasini SMBC Aviation Capital yangi mijozi sifatida qutlaşdan mamnunmiz va uzoq muddatli hamda muvaffaqiyatli hamkorlikka umid qilamiz. A321 NEO havo kemalarning yangi texnologik va tejamkor modellari Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga Janubi-Şarqiy Osiyo va Yevropadagi yönalişlar tarmoğini kengaytirişga yordam beradi», dedi SMBC Aviation Capital aviatsiya marketingi bölimi rahbari Konor Stafford.

Qarorgohi Irlandiyaning Dublin şahrida joylaşgan SMBC Aviation Capital samolyotlarni lizingga beruvçi eng yirik kompaniyalardan biridir.