Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Nyu-Yorkda BMT Boş assambleyasi oldidan sözlagan nutqida, Rossiya Ukraina yadroviy inşootlariga qarşi hujumlar rejalaştirayotganini aytdi. Ukraina razvedkasi Rossiyaning Ukraina atom elektr stansiyalari va infratuzilmalariga ularni energiya tizimidan uzib qöyiş maqsadida zarba beriş rejalari haqida xabar qildi, dedi u 25 sentabr, çorşanba kuni.

«Har qanday raketa yoki dron zarbasi, energiya tizimidagi har qanday jiddiy voqea yadroviy falokatga olib kelişi mumkin», — deya ogohlantirdi Ukraina prezidenti. «Bunday kun heç qaçon kelmasligi kerak. Moskva buni tuşunişi kerak va bu qisman sizning tajovuzkorga bosim ötkaziş qaroringizga boğliq», — dedi u.

U öz mamlakati hamkorlariga qöşimça yordam sörab murojaat qildi. Rossiya bosqinidan özini himoya qilayotgan Ukrainani qöllab-quvvatlaş birinçi navbatdagi ustuvor vazifa bölib qolişi kerak, dedi u. Zelenskiyning sözlariga köra, Rossiya barça issiqlik elektr stansiyalarini va mamlakatdagi gidroelektrostansiyalarning muhim qismini vayron qilgan.

«Ukraina majburiy kelişuvga rozi bölmaydi»

Şu bilan birga, Zelenskiy Ukrainadagi vaziyatni tinç yöl bilan hal qilişda Kiyev tomonidan işlab çiqilgan tinçlik formulasiga amal qilişga çaqirdi. U Rossiya bilan tinçlik muzokaralarini talab qilgan bir qator mamlakatlar, jumladan, Xitoy va Braziliyaning «haqiqiy manfaatlarini» şubha ostiga oldi.

Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muqobil rejalar Putinga faqat «uruşni davom ettiriş uçun siyosiy maydon» beradi, deb ta’kidladi Zelenskiy. Ukraina heç qaçon majburiy kelişuvga rozi bölmaydi, deya qöşimça qildi u.

Zelenskiy: uruş 2025 yilda tugaşi mumkin

Avvalroq Zelenskiy Rossiyaning öz mamlakatiga qarşi uruşi 2025 yildayoq yakunlanişi mumkinligiga işonç bildirgan edi. «Hozirda qat’iy çoralar Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkorligini töxtatişni tezlaştirişi mumkin, bizning ğalaba rejamiz amalda Rossiyani tinçlikka majburlaşga yordam beradi», deb yozdi u Nyu-Yorkdagi Amerika Kongressining ikkala palatasi vakillari bilan uçraşuvdan söng.

Britaniyaning The Times gazetasiga köra, Zelenskiyning «ğalaba rejasi» NATO a’zolariga taqdim etilgan hujjatdagi kabi Ukraina uçun Ğarb xavfsizlik kafolatlari talablarini öz içiga oladi va Kiyev uçun yangi harbiy va moliyaviy yordam paketlarini talab qiladi.

Ayni paytda Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Tramp Zelenskiy bilan şu hafta uçraşişni rejalaştirmayapti, deb yozadi AP Trampning saylovoldi kampaniyasidagi manbasiga tayanib. Agentlik suhbatdoşining ta’kidlaşiça, bunday uçraşuv rejalaştirilmagan, garçi bu haqda avvalroq Kiyev vakillari aytgan bölsa ham.