AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yadroviy qurol tahdidi «mas’uliyatsiz» ekanini aytdi. Uning fikriça, dunyo köproq qurolsizlanişga muhtoj.

Blinken MSNBC telekanaliga bergan intervyusida Putinning Ğarbga yadroviy qurollar haqidagi tahdidini «mas’uliyatsiz va bevaqt» deb qoraladi. Davlat kotibi dunyoda köpçilik avval ham «yadro quroli bilan tahdid qilganini» eslatdi.

«Öylaymanki, dunyoda köpçilik avval ham yadro quroli bilan tahdid qilgan, masalan, Xitoy ham. Şuning uçun men hozir köproq qurolsizlaniş va qurollarni tarqatmaslik haqida muloqot qilişga çaqirgan bölardim», deb tuşuntirdi u.

Kreml rahbari Putinning yangi yadroviy tahdidlari Yevropa Ittifoqining uruşda Ukrainani qöllab-quvvatlaş borasidagi pozitsiyasiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi vakili Peter Stano brifingda ma’lum qildi.

«Putin birinçi marta yadroviy arsenali bilan tahdid qilayotgani yöq, bu esa uning öta mas’uliyatsiz va qabul qilib bölmaydigan xatti-harakatlarining davomi», dedi u.

Stano Putinning «yadroviy tahdidini» qoralab, u dunyoga faqat özining haqiqiy qiyofasini körsatganini ta’kidladi. Uning qöşimça qilişiça, Yevropa hozir xalqaro hamkorlar e’tiborini BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy a’zosi bölgan davlat vakili bölgan şaxsning «aqldan ozgan va mas’uliyatsiz xatti-harakatlariga» qaratmoqçi.

25 sentabr kuni Putin Rossiya Xavfsizlik kengaşining yadroviy masala böyiça yiğilişini ötkazdi. U yadroviy kuçlardan foydalanişga yondaşuvlarni özgartirişni taklif qildi.

Uning bayonotiga köra, yadro quroliga ega bölmagan davlat tomonidan, lekin yadroviy davlat iştirokida yoki kömagida Rossiyaga qarşi tajovuzni «birgalikdagi hujum» deb hisoblaş mumkin. Moskva şuningdek, «Rossiya Federatsiyasi suverenitetiga hatto oddiy qurollar bilan jiddiy tahdid» yuzaga kelgan taqdirda ham yadro qurolidan foydalaniş imkoniyatini körib çiqişini ma’lum qildi.