TIV ma’lumotiga köra, delegatsiyalarga Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev va Misr taşqi işlar vaziri örinbosari Ahmad Şahin boşçilik qildi.
Tomonlar Özbekiston-Misr örtasidagi har tomonlama şeriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani va köp qirrali hamkorlik kengayayotganini qayd etdilar. 2023 yil fevral oyida Qohiraga amalga oşirilgan oliy darajadagi taşrif davomida erişilgan kelişuvlarni amaliy röyobga çiqarilişiga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda şeriklikni mustahkamlaş uçun mavjud salmoqli salohiyatni amalga oşirişdan özaro manfaatdorlik tasdiqlandi.
Iqtisodiy diplomatiya salohiyatidan samarali foydalaniş böyiça qöşma çora-tadbirlar körişga özaro tayyorlik bildirildi. Yaqinda mamlakatimizda ötkazilgan Özbekiston-Misr biznes-forumi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişi ta’kidlandi.
Uçraşuvda ikki davlat işbilarmonlari örtasidagi töğridan töğri aloqalarni qöllab-quvvatlaş, özaro sayyohlar oqimini köpaytiriş, ta’lim, innovatsiyalar, soğliqni saqlaş kabi ustuvor yönalişlardagi aloqalarni kengaytiriş kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Maslahatlaşuvlarda xalqaro va mintaqaviy masalalar, şuningdek, turli darajadagi qöşma tadbirlarning reja va kun tartibi yuzasidan fikr almaşildi.












