“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi joriy yilda bölib ötadigan saylovlar oldidan sudyalar huquqlarini kafolatlaş va iş yuklamalarini maqbullaştiriş maqsadida “Sudyalar maqomi töğrisida” Özbekiston Respublikasi qonunini işlab çiqiş taşabbusini ilgari surmoqda.

Partiya vakillarining ta’kidlaşiça, Polşa, Rossiya, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlarda sudyalar maqomiga oid alohida qonunlar mavjud. Partiya Özbekistonda ham bunday qonun qabul qilinişi zarurligini ta’kidlaydi. 

“Sudyalar maqomi töğrisida” qonunning qabul qilinişi bir qator muhim jihatlarni öz içiga oladi:

1. Sudyalarning vazifa va majburiyatlari: qonun sudyalarning aniq vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.

2. Iş yuklamalarini maqbullaştiriş: sudyalarning iş yuklamalari qonun asosida tartibga solinadi.

3. Tayinlaş va ozod qiliş tartibi: sudyalar lavozimiga tayinlaniş va işdan ozod qilinişi qonunda aniq tartibga solinadi.

4. Taşqi ta’sirlardan himoya: sudyalar har qanday taşqi ta’sirlardan himoya qilinadi. Qonun ularning mustaqil va adolatli qaror qabul qilişlari uçun zarur himoyani ta’minlaydi.

5. Ijtimoiy imtiyozlar: sudyalarga nisbatan ijtimoiy imtiyozlar joriy etilib, korrupsiyaga qarşi çoralar köriladi.

“Adolat” SDPning ta’kidlaşiça, mazkur qonun loyihasi sud tizimini yanada mustaxkamlaş, sudyalar mustaqilligini ta’minlaş va ularning ijtimoiy himoyasini kuçaytirişga qaratilgan. Sudyalar iş yuklamalarining maqbullaştirilişi esa sud işlarini samarali taşkil etişga kömaklaşadi.

Taşabbuskorlar fikriça, uşbu qonun sud tizimiga işonçni oşirişga va mamlakatda adolatni ta’minlaşga yordam beradi.