Farğona viloyati Özbekiston tumanida YPX xodimi maşina urib ketişi oqibatida halok böldi. Kun.uz’ning ikki manbasi holatni tasdiqladi.

Uşbu fojia 31 iyul kuni soat 23:30 atrofida «Öqçi» MFY hududidan ötuvçi 40V064 avtomobil yölining 20-kilometrida sodir bölgan.

30 yoşli şaxs Spark maşinasida YPX xodimi, öz xizmat vazifasini bajarayotgan 32 yoşli Hayitbek Karimjonovni urib ketgan.

Hodisa guvohlari Spark haydovçisi mast bölgani, u töxtaş işorasiga böysunmasdan qoçganini aytmoqda.

Marhumning 2 nafar farzandi otasiz qoldi. U özi oilada 4 qizdan keyingi yolğiz öğil edi. Viloyat va tumandan IIB xodimlari kelib, janozada qatnaşişdi, marhum qoidabuzarni tutişda mardlarça halok bölganini, uning farzandlari doimiy davlat himoyasiga olinişini aytişdi. Afsus, spirtli içimlik ta’sirida maşina ruliga ötiriş bir oilaga mana şunday musibatni olib keldi, deydi marhumning mahalladoşlaridan biri Kun.uz bilan suhbatda.