Latviyadagi özbekistonlik muhojirlar atrofida bahs: nega vizalarni çeklaş taklif qilindi?
|15:13 / 06.10.202611 4479 min
Latviyada Özbekiston fuqarolariga viza berişni vaqtinça töxtatiş masalasi bir haftadan beri muhokama qilinmoqda, biroq bu borada hozirça hukumat qarori yöq. Latiş OAVlari taklifni sönggi haftalarda özbekistonliklar bilan boğliq uçta işga boğlamoqda.
Taklif bilan 29-sentabr kuni Latviya içki işlar vaziri, "Milliy birlaşma" partiyasi vakili Yanis Dombrava çiqqandi. Vazirlik bayonotiga köra, Özbekistonning bir neçta fuqarosi Latviyaga kelganidan köp ötmay jinoyat sodir etgan. Bular orasida voyaga yetmaganlarga qarşi jinoyatlar ham bor.
"Bunday vaziyatda biz çora körişga majburmiz. Şuning uçun Özbekiston fuqarolariga viza berişni muayyan muddatga töxtatişni va bu vaqtdan Özbekiston tomoni bilan hamkorlik qiliş uçun foydalanişni taklif qilyapmiz", dedi vazir.
Vazirlik taklifni Immigratsiya qonunining 8-moddasi ikkinçi qismiga asoslagan. Bu norma hukumatga – içki xavfsizlik va jamoat tartibiga taʼsirni baholab, muayyan uçinçi davlat fuqarolaridan viza arizalari qabul qilinişini va ularning mamlakatga kirişini maʼlum muddatga çeklaş huquqini beradi. Yaʼni bunday çeklovni vazir emas, hukumat joriy qiladi.
Biroq 29-sentabrdagi majlisda koalitsiya hamkorlari masalani kun tartibiga kiritişga tayyor bölmagan. Latviya içki işlar vazirligi taklif keyingi majlislardan birida körib çiqilişini kutmoqda.
Özbekistonning munosabati
Rasmiy Toşkent bu taklifga diplomatik kanallar orqali javob qaytargan. Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev Kun.uz muxbiriga maʼlum qilişiça, uşbu xabarlar eʼlon qilingan zahoti vazirlik tomonidan tegişli diplomatik çoralar körilgan.
Xususan, Özbekistonning Rigadagi elçixonasi tomonidan Latviya boş vaziri ofisi rahbariyati, taşqi işlar va iqtisodiyot vazirliklari, şuningdek, Prezident Administratsiyasi vakillari muzokaralar ötkazilgan. Şu bilan birga, TIV Konsullik-huquqiy departamenti Latviyaning Özbekistondagi elçixonasi bilan ham muloqotlar olib bordi.
“Muzokaralar davomida Latviya tomoniga taklif etilayotgan çoralarning ikki tomonlama munosabatlarga ehtimoliy taʼsiri yuzasidan Özbekistonning pozitsiyasi yetkazildi. Körilgan çoralar natijasida Latviya tomoni mavjud holatga özgartiriş kiritişga ehtiyoj yöqligini ilgari surdi".
Vazirlik rasmiysi Özbekiston Latviya bilan şakllangan döstona va özaro manfaatli munosabatlarni yuksak qadrlaşini bildirdi: “Latviya mamlakatimizning Yevropa Ittifoqidagi muhim hamkorlaridan biri bölib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-humanitar, migratsiya va boşqa sohalardagi aloqalarimiz izçil rivojlanib bormoqda".
Şuningdek, Taşqi işlar vazirligi sözçisi xorijdagi Özbekiston fuqarolarga ham murojaat qildi:
"Biz xorijda bölib turgan yoki xorijga çiqişni rejalaştirayotgan fuqarolarimizni mamlakat qonunçiligiga qatʼiy rioya qilişga, milliy urf-odatlari va anʼanalarini hurmat qilişga va öz xatti-harakatlariga masʼuliyat bilan yondaşişga çaqiramiz.
Ayrim şaxslarning qonunbuzarlikka yöl qöyişi nafaqat ularning özlariga, balki xorijda qonuniy asosda öqib, işlab, sayohat yoki istiqomat qilib yurgan boşqa fuqarolarimizga ham salbiy taʼsir körsatişi mumkin".
Qayd etiş kerakki, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi muzokaralar ötkazgan idoralar orasida viza çeklovlarini taklif qilgan Latviya Içki işlar vazirligi yöq. Şu bois vizaga doir taklifning rasmiy taqdiri hali Latviya hukumatining keyingi qaroriga boğliq bölib qolmoqda.
Latviyadagi özbekistonlik muhojirlar bilan boğliq işlar
Latviya içki işlar vaziri Özbekiston fuqarolariga viza çeklovlarini taklif qilganida, ular tomonidan “sodir qilingan bir neçta jinoyatlar” haqida gapirgandi. Ammo vazir öz bayonotida aniq voqealarni keltirilmagan. Mahalliy matbuot taklifni sönggi haftalarda özbekistonliklar bilan boğliq uçta işga boğlamoqda.
Birinçisi 4-sentabr kuni Yelgava şahrida qayd etilgan. Davlat politsiyasi maʼlumotiga köra, 39 yoşli Özbekiston fuqarosi bolalar maydonçasida kiçik yoşdagi bolaga nisbatan jinsiy xarakterdagi harakatlar qilganlikda gumon qilinib uşlangan va sud qarori bilan qamoqqa olingan. U Latviyada uzoq muddatli viza bilan yordamçi işçi bölib işlagan. "Içki işlar tizimida jinoyat sodir etgan çet elliklarga nisbatan tolerantlik bölmaydi. Bunday şaxslar iqtisodiy hissa emas, jamiyat uçun tahdiddir", degan rasmiylar.
Ikkinçisi 18-sentabr kuni Rigadagi savdo markazlaridan birida sodir bölgan. Politsiya maʼlumotiga köra, 1998-yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi kiçik yoşdagi qizlarga pul evaziga jinsiy xarakterdagi harakatlarni taklif qilgan. Qizlar dökon xodimlariga murojaat qilgan, xodimlar esa politsiya kelgunça erkakni savdo markazidan çiqarmagan. Ikki qiz jabrlanuvçi deb topilgan. Latviya matbuotiga köra, özbekistonlik uşbu şaxsga voqeadan atigi ikki kun oldin bir yillik iş vizasi berilgani aytmoqda.
Har ikki işda tergov davom etmoqda, sud hukmi hali çiqmagan. Politsiya maʼlumotiga köra, ikkala gumonlanuvçi ham avval huquq-tartibot idoralari nazariga tuşmagan.
Foto: Ģirts Ozoliņš / F64
Uçinçi iş 2025-yil 30-martga borib taqaladi. Ayblovga köra, Özbekistonning ikki fuqarosi Karnikava şahridagi Gauya daryosi böyida oqquşni ovqat bilan suvdan çiqargan. Ulardan biri oqquşning böynini sindirib, boşiga muşt urgan. Keyin quşni qora axlat qopiga solib, maşina yukxonasida olib ketişgan. Bu voqea uç nafar voyaga yetmagan bola köz öngida sodir bölgan. Ular politsiyaga quşni ermak uçun uşlaganini aytib, keyin uni yöl çetiga qöyib yuborganini daʼvo qilgan.
Ayblanuvçilar prokuror bilan aybni tan oliş kelişuviga erişgan. Sud prokuror bilan tuzilgan kelişuvni tasdiqlab, ularga 3 yil 11 oylik probatsiya nazoratini tayinlagan. Hukm 22-sentabrda kuçga kirgan.
Aynan şu iş jamoatçilikda eng kuçli norozilik uyğotdi: ijtimoiy tarmoqlarda köpçilik qamoq jazosi tayinlanmaganidan noroziligini yozgan. Sud esa qarorini ayblanuvçilar avval sudlanmagani, aybini töliq tan olgani va Probatsiya xizmati xulosasi bilan izohlagan.
Latviya jamoatçiligi eʼtirozlari ortidan ularning yaşaş ruxsatnomalari ham bekor qilindi. Içki işlar vaziriga köra, Özbekistonning ikki fuqarosiga Latviyani tark etiş uçun 1-oktabrdan boşlab 7 kun muddat berilgan.
Nega Latviya migratsiya siyosatini qatʼiylaştirmoqda?
Viza çeklovlariga doir taklif – Latviyada bir neça yildan beri kuçayib borayotgan migratsiya bahsining davomidir. Sönggi yillarda Özbekiston Latviyaga mehnat migratsiyasining asosiy manbaiga aylangan. Fuqarolik va migratsiya işlari boşqarmasi maʼlumotiga köra, 2026-yilning birinçi yarmida Özbekiston fuqarolariga 4008 ta işlaş huquqi berilgan. Ikkinçi örindagi Hindiston fuqarolariga esa 1589 ta ruxsat berilgan.
Latviyadagi özbekistonliklar muhojirlar asosan yuk maşinasi haydovçisi bölib işlaydi. Ikkinçi katta guruh esa işga yollovçi agentliklar orqali keladi. Bundan taşqari, quriliş va yordamçi işlarda ham özbekistonlik muhojirlarning mehnatlaridan foydalaniladi.
Bu masalani Seymning immigratsiya böyiça tergov komissiyasi örgangan, unga Dombrava rahbarlik qilgan. Komissiya migratsiyani boşqariş tizimi yetarliça muvofiqlaştirilmaganini xulosa qilgan. Şu asosda hukumat Içki işlar vazirligining 71 bandli rejasini maʼqulladi. Reja 2027-yilning birinçi çoragigaça uçinçi davlat fuqarolari uçun kvota belgilaş, xorijlik talabalar sonini çeklaş va yuk maşinasi haydovçilarining malakasini tekşirişni nazarda tutadi.
Siyosiy omil ham bor: Latviyadagi saylovlar arafasida partiyalar öz ustuvor mavzularini balandroq kötarişi, migratsiya masalasini esa saylovçilarni safarbar qilişda yordam berişi kutiladi.
Şunga öxşaş tendensiya qöşni Litvada ham kuzatilmoqda. U yerda sentabr oxirida terrorizm xavfi va iş uçun arizalar sonining keskin ortgani sabab qilinib, Özbekiston, Qozoğiston va Qirğizistondagi taşqi viza markazlarini yopiş töğrisida qaror qabul qilindi.
Xulosa qilib aytganda, hozirça Özbekiston fuqarolariga Latviya vizasini beriş tartibi özgarmagan. Özbekiston TIVning tasdiqlaşiça, Latviya tomoni buni özgartirişga ehtiyoj körmayapti. Biroq taklifdan rasman voz keçilgani ham eʼlon qilinmagan, uning taqdiri Latviya hukumatidagi yangi koalitsiya tarkibiga boğliq bölib qolmoqda.
Kun.uz bilan gaplaşgan, ismi sir qolişini söragan vazirlik rasmiysiga köra, Latviya rasmiy idoralari garçi vizani bekor qiliş masalasida yon bergan bölsa-da, muhojirlar tomonidan sodir qilinayotgan huquqbuzarliklarning oldini olişni söragan. Çunki, qonunlarga bepisandlik oqibatida yana uşbu masalalarni kötarilişiga olib kelişi mumkin.