Latviya Içki işlar vazirligi Özbekiston fuqarolariga viza berişni muayyan muddatga töxtatişni taklif qildi. Vazirlikka köra, Özbekistonning bir neça fuqarosi Latviyaga kelganidan köp ötmay bir neçta jinoyat sodir etgan, jumladan, voyaga yetmaganlarga qarşi jinoyatlar qayd etilgan.

Vazirlik bu masalani 29-sentabr kuni hukumat yiğilişida körib çiqişni taklif qilgan.

“Özbekiston fuqarolarining Latviyaga kelganidan qisqa vaqt ötib bir neçta jinoyat sodir etgani, jumladan, voyaga yetmaganlarga qarşi jinoyatlar qayd etilgan vaziyatda biz çora körişimiz kerak. Şuning uçun Özbekiston fuqarolariga vizalar berişni maʼlum muddatga töxtatişni va bu vaqtdan Özbekiston tomoni bilan hamkorlik qiliş uçun foydalanişni taklif qilyapmiz”, – dedi Latviya içki işlar vaziri Yanis Dombrava.

Uning sözlariga köra, bunday hamkorlikdan maqsad – Latviyaga jamoat tartibi yoki xavfsizligiga tahdid solişi mumkin bölgan şaxslar kirib kelişining oldini olişdan iborat.

Vazirlikning maʼlum qilişiça, çeklov amal qilgan davrda Latviyaning masʼul idoralari Özbekiston tomoni bilan şaxslarni tekşiriş jarayonlarini takomillaştiriş va xavfsizlikka tahdid solişi mumkin bölgan şaxslarning mamlakatga kirib keliş xavfini kamaytiriş böyiça hamkorlik qilişi rejalaştirilgan.

Biroq 29-sentabr kuni Latviya hukumati koalitsiyasidagi hamkorlar bu masalani hukumat yiğilişi kun tartibiga kiritişga tayyor bölmagan. Içki işlar vazirligi taklif keyingi hukumat yiğilişida körib çiqilişiga umid qilmoqda.

Şu tariqa, hozirça Özbekiston fuqarolariga viza berişni töxtatiş böyiça yakuniy qaror qabul qilinmagan.