Fuqarolik protsessual kodeksiga davlatning qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini himoya qiliş maqsadida prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning örnini qoplaş va davlat budjetidan undiruvlar bilan boğliq işlarda iştirok etiş huquqini, şuningdek davlat manfaatlarini himoya qiliş uçun sudga ariza bilan murojaat qiliş huquqini nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Iqtisodiy protsessual kodeksiga prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki bilan boğliq işlarda, atrof-muhitni muhofaza qiliş töğrisidagi qonunçilikni buziş, davlat budjetidan undiruvlar, özboşimçalik bilan qurilgan imoratga bölgan mulk huquqini e’tirof etiş, xususiy mulk sifatida egalik qiliş va undan foydalaniş faktini aniqlaş, bojxona tölovlarini undiriş bilan boğliq işlarda iştirok etişini nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritilmoqda.

Fuqarolik protsessual kodeksida, Iqtisodiy protsessual kodeksida va Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksida prokurorning sud muhokamasining vaqti va joyi töğrisida prokuror tegişli tarzda xabardor qilinmasdan körilgan, qonunda prokurorning iştirok etişi nazarda tutilgan işlar böyiça kassatsiya protesti, taftiş tartibida protest keltiriş töğrisidagi masalani hal qiliş uçun tegişli sudlardan işlarni talab qilib olişga bölgan huquqi belgilanmoqda, şuningdek mazkur toifadagi işlarni köriş yakunlari böyiça çiqarilgan sud hujjatlari ustidan şikoyat qiliş tartibi aniqlaştirilmoqda.