Mustaqil Qirğizistonning birinçi rahbari Asqar Akayevning aytişiça, qonun va Konstitutsiyaga köra, heç kim uni «sobiq prezident» maqomidan mahrum qilmagan.

Respublika sobiq rahbarining tuşuntirişiça, 2005 yilda mamlakatning öşa paytdagi rahbari Qurmanbek Bakiyev özidan oldingi prezidentning jinoyatlarini tekşiriş uçun komissiya tuzgan, biroq ekspertlar uni aybdor deb topmagan. Boz ustiga, oradan uç yil ötib, Akayevni sobiq prezident maqomidan mahrum qiliş masalasi parlament muhokamasiga qöyildi. Ammo hatto deputatlar, jumladan Bakiyevning köplab tarafdorlari ham bunday qaror qabul qiliş uçun heç qanday asos topmadi.

Qirğiziston birinçi prezidenti sözlariga köra, uning maqomi bilan boğliq mojaro 2010 yilda, inqilob paytida ağdarilgan Bakiyev xorijga qoçib ketganidan keyin ham davom etgan. Bu safar protsedura taşabbuskorlari Akayevning murosasiz siyosiy raqibi Azimbek Beknazarov va muvaqqat hukumat rahbari Roza Ötunboyeva edi.

«Ular Akayevni sobiq prezident maqomidan mahrum qiliş töğrisida qonunga zid, Konstitutsiyaga zid farmon çiqardilar. Keyin yana avvalgi ayblovlar qöyildi: noqonuniy boyib ketiş, Axsi voqealari, çegara masalalari. Muvaqqat hukumat dekreti respublikaning barça eski va amaldagi qonunlariga zid», deb ta’kidladi Qirğizistonning birinçi rahbari.

Akayev xalqaro sudga murojaat qilsa, 2010 yilgi farmon konstitutsiyaga zid deb topilişiga işonçi komil. Lekin u sudga beriş niyatida emas.

Sobiq prezident nega avvallari öz maqomini tiklaş uçun ovora bölmaganini ham tuşuntirdi. Uning sözlariga köra, mamlakatni «siyosiy avantyuristlar» Bakiyev, Ötunbayeva, Almazbek Atambayev boşqarganida, parlament albatta salbiy qaror qabul qilgan bölardi. Akayev esa hozirgi hukumatni adolatli deb hisoblaydi.

Şu bilan birga, siyosatçi 20 yil davomida özi heç qaçon sobiq prezident imtiyozlaridan foydalanmagani, bundan keyin ham foydalaniş niyatida emasligini aytdi.

«Kotiba, xavfsizlik, maşina - bularning barçasi menga kerak emas. Umrimning oxirida yaxşi nomimni tiklaşni xohlayman. <...> Men parlament adolatli qaror qabul qilişini va buni jamoatçilik bilişini istardim», deb xulosa qildi Akayev.

Akayevning 2010 yilda muvaqqat hukumat dekreti bilan mahrum etilgan sobiq prezident maqomini unga qaytariş haqidagi maktubi sentabr oyi boşida Jogorku Keneşga (parlament) kelib tuşdi. 25 sentabr kuni deputatlar mamlakat sobiq rahbarining bu iltimosini rad etişdi.

Asqar Akayev Qirğizistonni mustaqillikning dastlabki yillaridan 2005 yilgaça boşqargan. Mamlakatda inqilob bölib, Qurmanbek Bakiyev hokimiyatga kelgaç, ağdarilgan prezident va oila a’zolari Rossiyaga qoçib ketişdi. Moskvada u ilmiy va pedagogik faoliyat bilan şuğullandi. Keyinçalik Akayevga nisbatan mansab vakolatini suiiste’mol qilişda iştirok etganlik, 1992 yilda «Kameko» kompaniyasi bilan boş şartnoma tuziş va 2003 yilda «Qumtor» loyihasini qayta quriş epizodlariga beparvolik aybi qöyildi. Biroq 2021 yil avgustida Akayev tergov bilan hamkorlik qilişga rozi bölib, Qirğizistonga qaytdi. U Milliy xavfsizlik davlat qömitasida körsatma berganidan söng vatandoşlariga videomurojaat qilib, unda «Qumtor» loyihasi böyiça qaror qabul qilişda xatolarini tan oldi va uzr söradi. 2023 yilda Aqayevga nisbatan jinoiy ta’qib qiliş da’vo muddati ötgani sababli tugatildi.